Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aleksiy Reznikov Ukraina mudofaa vaziri lavozimini tark etadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 3-sentabr kuni kechki murojaatida aytib o‘tdi.

Aleksiy Reznikov
Foto: Global Look Press

Zelenskiy Reznikovning o‘rniga mudofaa vaziri lavozimiga hozirda Ukraina Davlat mulki jamg‘armasiga rahbarlik qilayotgan Rustem Umerovni tayinlashni taklif qildi.

“Men Ukraina mudofaa vazirini almashtirishga qaror qildim. Aleksey Reznikov 550 kundan ortiq keng ko‘lamli urushni boshdan kechirdi. Men vazirlikka yangi yondashuvlar, shuningdek, harbiylar va umuman jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarning boshqa shakllari kerak, deb hisoblayman. Hozir vazirlikka Rustem Umerov rahbarlik qilishi kerak. Men parlamentdan bu nomzodni qo‘llab-quvvatlashini kutaman”, — dedi Zelenskiy.
Rustem Umerov
Foto: “Vesti.ua”

Rustem Umerov – kelib chiqishi musulmon qrim-tatar bo‘lgan ukrainalik tadbirkor. Uning oilasi 1944-yilda Qrimdan Markaziy Osiyoga ko‘chirib yuborilgan. Umerov 1982-yil Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. 1980-yillar oxirida qrim-tatarlarni vataniga qaytarish boshlanganida, Umerovlar oilasi Qrimga qaytishga muvaffaq bo‘lgan.

U “Qrim tatarlari jamiyati” jamoat tashkilotining asoschilaridan biri, shuningdek, qrim-tatar xalqi yetakchisi Mustafo Jemilevning maslahatchisi bo‘lgan. 2019-yilda Umerov Oliy Rada deputati bo‘ldi. U 2022-yildan beri Ukraina Davlat mulki jamg‘armasini boshqarib keladi.

Aleksiy Reznikov 2021-yil noyabridan beri Ukraina Mudofaa vazirligini boshqarib kelayotgan edi. Reznikovning iste’foga chiqishi haqidagi ma’lumotlar birinchi marta 2023-yil boshida Ukrainada korrupsiya mojarolari tufayli bir necha yuqori martabali amaldorlar, jumladan, mudofaa vaziri o‘rinbosarlari ishdan bo‘shatilishi ortidan paydo bo‘ldi.

Ukraina mudofaa vazirining almashtirilishi haqidagi boshqa xabarlar 2023-yil avgustida tarqaldi.

Mavzuga doir
Izoh

Мақсуджон

04.09.2023, 15:03

O‘zlari ishonarmkin shu gaplariga

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »