Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Har bir qiz uchun to‘y oqshomi hayotidagi eng muhim kun hisoblanadi. Shu kuni har bir kelin hammadan ajralib turishni xohlaydi, shuning uchun ham to‘y libosidan pul ayamaydi.

Amal Kluni

Foto: Getty Images

2014-yilda yulduz advokat Amal Jorj Kluniga turmushga chiqdi. Juftlikning to‘y marosimi sentabr oyi oxirida Venetsiyada bo‘lib o‘tdi. To‘yga juftlik qayiqda suzib keldi, muxlislar esa oppoq libosda baxtdan porlab turgan go‘zal Amaldan ko‘z uzolmay qoldi.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Keyinchalik Kluni oilasining to‘y fotosessiyasi mashhur jurnallarda paydo bo‘ldi. Amal to‘y libosini Oskar de la Renta brendidan tanladi. U 13 metr uzunlikdagi fransuz to‘rlari va marvaridlar bilan qo‘lda bezatilgan. Kelinning mazkur libosi 380 ming dollar turadi.

Miranda Kerr

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

2017-yilda supermodel yosh va istiqbolli biznesmen Evan Shpigelga turmushga chiqdi. To‘y marosimi kamtarona o‘tdi, ammo yangi juftlik to‘y liboslarini uchun pulni ayamadi. Miranda Kerr Dior libosida turmush qurishni orzu qilgan va unashtirilgandan so‘ng darhol modalar uyining ijodiy direktori Mariya Grazia Chiuriga murojaat qilgan. Dizayner modelning barcha istaklarini inobatga olgan holda u uchun 310 ming dollar turadigan maxsus libos yaratdi.

Salma Hayek

Foto: Getty Images

2009-yilda aktrisa fransuz tadbirkori Fransua-Anri Pinoga turmushga chiqdi. Muxlislar uzoq vaqt davomida Salma Xayekning to‘y libosini ko‘ra olishmagan, chunki tarmoqqa marosimdan atigi bir-ikkita kadrlar chiqqan xolos. Bir necha yil o‘tgach, yulduz to‘yidagi ba’zi arxiv suratlarini baham ko‘rdi.

Foto: Getty Images

Moda ekspertlari va xorij OAVlari Xayekning kelinlik libosi Balensiaga tomonidan ishlab chiqilgani va uning narxi 435 ming dollarga teng ekanini aniqladi. Kiyimning yuqori qismi toshlar va munchoqlar bilan bezatilgani sababli ko‘zni qamashtiradi.

Viktoriya Svarovski

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

2017-yilda Swarovski brendi asoschisining evara qizi investor Verner Myunzga turmushga chiqdi. Viktoriya uchun libos dubaylik dizayner Maykl Sinko tomonidan yaratilgan. Libosga 500 mingdan ortiq yorqin Swarovski kristallari ishlatilgan, shuning uchun to‘y libosining og‘irligi 46 kg ga yetadi. Ko‘ylak taxminan 1 million dollarga baholanadi.

Kiara Ferrani

Foto: Getty Images

2018-yilda bloger reper Fedezga turmushga chiqdi. Ularning to‘yi shu qadar katta miqyosda bo‘lib o‘tdiki, yulduzlar bunga qancha mablag‘ sarflaganini tasavvur qilish qiyin. Kiara o‘zi moda blogeri va nafis liboslarni yaxshi tushunadi. Shu sababdan to‘y oqshomi uchun Dior dan ikkita hashamatli libos tanladi.

Foto: Getty Images

Xorijiy OAVning aniqlik kiritishicha, asosiy to‘y libosini yaratish uchun 1600 soat mehnat va 400 metr mato sarflangan. Aytgancha, libos ostidagi yubka alohida olib tashlanadi — shunda oqshom ko‘ylagi ixcham kalta libosga aylanadi. Ikkinchi ko‘ylagi biroz oddiyroq edi. Kiara uchun mazkur liboslar 420 ming dollarga tushadi.

Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »