Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaqin Sharq qirolicha va malikalarining qaysi biri uslub borasidagi nozik didi bilan maqtana olishi haqida gaplashamiz.

Qirolicha Raniya (Iordaniya)

Foto: Legion Media

Iordaniyaning eng mashhur qirolichasi kiyim-kechakka juda ko‘p pul sarflaydi — UFO No More mutaxassislarining fikriga ko‘ra, 2017-yilda Raniya liboslariga 268 ming yevro sarflagan, hatto bu borada gersoginya Keytdan ham o‘zib ketgan. Biroz vaqt o‘tgach, qirolicha vakillari hisob-kitoblar noto‘g‘ri ekanligini aytib, bayonot berishadi: mutaxassislar qirolicha sovg‘a yoki ijara sifatida ko‘plab liboslar olishini ta’kidlashadi.

Nima bo‘lganda ham, Raniya har bir libosni qanday kiyishni yaxshi biladi: moda kuzatuvchilari qirolichaning didiga shubha qilishiga hech qanday sabab yo‘q. U shim, oversayz kofta va kostyumlar kiyadi va obrazi qo‘pol bo‘lmasligi uchun keng charm kamarlarni liboslari bilan uyg‘unlashtiradi.

Foto: Legion Media

O‘zining benuqson didiga qo‘shimcha ravishda, Raniya Iordaniyada ko‘plab foydali tashabbuslarni boshlagan taniqli xayriyachi. Bundan tashqari, qirolicha hijobni majburiy kiyishga qarshi chiqadi. “Biz ayollarni boshida nima borligiga qarab emas, balki ongida nima bo‘layotganiga qarab muhokama qilishimiz kerak!” — degan u.

Malika Dina Alyuhani Abdulaziz (Saudiya Arabistoni)

Foto: Legion Media

Arab shahzodasi Sulton ibn Fahad ibn Nosirning rafiqasini nafaqat qirollik kiyinish kodini modernizatsiya qiluvchi, balki o‘zi ham tendensiyalarni belgilab beruvchi va boshqa ayollarni tajribaga ilhomlantiradigan ayol deb atash mumkin. Dina modaga shunchalik berilib ketganki, 2017-yilda u Vogue Arabia jurnalini bosh muharrir sifatida tashkil qilgan. Jurnalda u bor-yo‘g‘i ikki oy — mart va aprel oylarida ishlagan, xolos.

Malika Dana al-Xalifa (Bahrayn)

Foto: Legion Media

Mashhur arab qizlaridan biri — huquqshunoslik darajasiga ega modelyer va bloger. Yaqin Sharqdagi eng mashhur shaxslardan biri bo‘lishidan tashqari, Dana modani astoydil o‘rgangan va 2018-yilda Dolce & Gabbana shoularidan birida ishtirok etgan.

Malika Amira at-Tavil (Saudiya Arabistoni)

Foto: Legion Media

Saudiya malikasi taniqli al-Valid ibn Talal jamg‘armasining rahbari bo‘lib, xayriya ishlari uchun ko‘plab insonparvarlik mukofotlariga sazovor bo‘lgan. Moda sohasida uning muvaffaqiyatlari unchalik baland emas: qiz nafislik va vazminlikni aks ettirgan klassik uslubni afzal ko‘radi, bu kamtarona kiyimlar qiziqarli, nazokatli bo‘lishi mumkinligini isbotlaydi.

Bundan tashqari, Amira Sharq qirollik ayollari haqidagi asosiy stereotiplarni yo‘q qilish tufayli allaqachon tarixga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Qiz AQSHda Nyu-Xeyven universitetida biznes boshqaruvi bo‘yicha tahsil olgan. 18 yoshida u Saudiya Arabistoni qirolining jiyaniga turmushga chiqadi. Amira ayollar huquqlarining faol himoyachisi sifatida faoliyat olib boradi.

Moza bintu Nosir al-Misned (Qatar)

Foto: Legion Media

Qatar amiri Shayx Hamad bin Xalifa at-Taniyning uch xotinidan ikkinchisi — Qatar taʼlim jamg‘armasi raisi va faol xayriyachi. U har doim nafis va bejirim kiyinadi. Malika Amira at-Tavildan farqli o‘laroq, u an’anaviy abayadan voz kechmagan, aksincha uni hech kimga o‘xshamagan holda kiyishni o‘rgandi — bu arab dunyosi uchun muhim bo‘lgan an’analarni yangilash mumkinligini isbotladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »