Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 4-sentabr kuni vafot etgani xabar qilingandi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarov Sherali Jo‘rayev haqida gapirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Muftiy janozaga yig‘ilganlarga prezidentning taʼziyasini yetkazdi. Shuningdek, Sherali Jo‘rayev haqidagi xotiralar bilan bo‘lishdi. Nuriddin Xoliqnazarov hofiz Kaʼbaga kirgan kunini ikkinchi tug‘ilgan kuni sifatida belgilaganini eshitganida qoyil qolganini qayd etdi.

“Bugun hammamiz uchun qadrli bo‘lgan, hammamizning bevosita tariximiz bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan buyuk hofiz nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Movarounnahrda buyuk Turon xalqi ichida e’zoz-u ikromga ega bo‘lgan Sherali hoji Jo‘rayevning janozalarida to‘planib turibmiz. Alloh taolo ularning oxiratlarini obod qilsin, qilgan yaxshi amallarini o‘zlariga hamroh qilsin. Janoza namozi, azizlar, marhumlarning tiriklardagi haqqi hisoblanadi. Biz bugun haqqimizni ado qilgani to‘plandik va shuning bilan birga ta’ziya izhor qilamiz.

Biz bugun marhumning yaqinlariga, oila aʼzolariga, shogirdlariga, adiblar va butun xalqimizga taʼziya izhor qilamiz. Eng avvalo men omonat taʼziyani yetkazib qo‘ymog‘im lozim. Prezidentimiz meni vakil sifatida ushbu janozada Sherali Jo‘rayevning yaqinlari, qarindoshlari, butun sanʼat ahillariga chuqur taʼziyalarini yetkazishni so‘radi. Xonadon ahllari va barcha yaqin azizlarining qayg‘usiga sherik ekanliklarini izhor qildi. 

Turkiyadan davolanib kelganida uyiga borib, ko‘rishdim. Shunda Sherali akam menga bir gapni aytdilar, bir duo so‘radilar. Yurtboshimiz haqlariga duo qilishimni so‘radilar. Haqiqatan ham davlatimiz rahbari ko‘p harakat qildi. Pandemiya paytida ikki marta kovid bo‘ldilar. O‘sha mahalda ham alohida o‘zlari nazoratga olib turdilar. Kuni kecha harbiy gospitalga yotganida ham qayg‘urib, hamma sharoitni qilib turdilar. 

Marhum hofizimiz 77 yoshda bandalikni bajo keltirdi. Oddiygina cho‘pon oilasida tavallud topgan yigit kelajakda xalq sevadigan, xalqning qalbidan joy oladigan hofizga aylandi. Sherali akam alohida maktab yaratib ketdilar. Ularning qo‘shiqlari insonlarning qalbini junbishga keltiradi. Shuningdek, mumtoz adiblarimiz, adabiyotimizning juda ko‘pini xalqqa tanitdi. Ayniqsa, “O‘zbegim” yoki “Inson qasidasi” hech qachon esdan chiqmasa kerak. Shunday qiyin davrlarda millatining, xalqining dardini kuylay olgan hofizimiz butun xalqni qalbiga vatan, millat, din muhabbatini joyladi. “Alloh-Alloh” deb atalgan qo‘shiqlari bilan Allohga bo‘lgan muhabbatni ziyoda qildilar. Marhum Sherali janoblari kechalari qoyim edilar. Hamma tanishlaridan so‘rang, kechasi uxlamasdan namoz o‘qishligini aytadi. Qurʼonga oshiq edilar. Hattoki bir hurmatli shoirimizdan eshitdimki, o‘zim eshitmagan ekanman, qoyil qoldim, haqlariga duo qildim — 12-aprelda Kaʼbaga kirgan ekanlar. Shu kunni ikkinchi tug‘ilgan kunim deb alohida eʼtibor qilar ekan. 

Ko‘p zahmatlarni ham boshidan o‘tkazdi. Ammo yangi rahbarimiz ularning zahmatlarini munosib qadrladi”, — deydi muftiy Nuriddin Xoliqnazarov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »