Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 4-sentabr kuni 77 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. Sherali Jo‘rayev 50 yildan ziyod ijodi davomida “O‘zbegim”, “Sohibqiron”, “Egasi bor yurt”, “Karvon”, “Sarbon”, “Inson qasidasi” kabi 600 ga yaqin qo‘shiq yaratgan. Uning “Birinchi muhabbatim”, “Yoshligimiz”, “Oy yuzingga”, “Oshiqlar sardori”, “Do‘st bo‘lsang, yonimda tur” kabi ashulalari xalq qo‘shiqlariga aylanib ketgan.

Foto: Instagram

 

Xonanda mumtoz shoirlar g‘azallarini kuyga solib, o‘zbek xalqi merosini yosh avlodga va jahonga tanitishga ulkan hissa qo‘shgan. Sherali Jo‘rayev 1981-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, 1987-yilda “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvonlari, 2018-yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeniga sazovor bo‘lgan. 2022-yilda esa “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

Bir guruh san’atkorlar ijtimoiy tarmoqlada Sherali Jo‘rayev bilan turli yillarda tushgan suratlarini e’lon qilib, marhum san’atkor xotirasini yod etmoqda.

O‘zbekiston madaniyat vaziri Sherali Jo‘rayev nafaqat O‘zbekistonda, balki mintaqada ham eng zabardast san’atkor sifatida e’tirof etilganini ta’kidlab, marhumning yaqinlariga ta’ziya bildirdi. 

Foto: Instagram

 

Foto: Instagram

 

Foto: Instagram

“San’atimiz ustuni sifatida doim yuragimizda qoladilar”, — deb yozdi Farhod Saidov. 

Foto: Instagram

Taniqli jurnalist va teleboshlovchi Muhabbat Hamroyeva ham el ardoqlagan hofiz haqidagi xotiralarini yozib qoldirdi. “Har gal shu inson haqida qanday dastur tayyorlasam ham, katta xazina topib olgan insondek astoydil tayyorlardim”, — deb yozadi boshlovchi. 

Foto: Instagram
Foto: Instagram

“Hayotda to‘g‘ri yo‘limni topishimda ko‘plab maslahatlarini berganlar, oilaviy tadbirlarimiz ularsiz o‘tmas, Mirza akamga bo‘lgan mehrlari ham boshqacha edi”, — deya xotiralarini bo‘lishmoqda Tojibar Azizova. 

Foto: Instagram
Foto: Instagram

Mashhur Muhammadning fikricha, Sherali Jo‘rayev “xonandaman degan har bir insonning ijodiga bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkaza olgan”.  

Foto: Instagram

“Esimni tanibmanki uyimizda Sherali Jo‘rayevning qo‘shiqlari qo‘yilardi, dadam “Birinchi muhabbatim”ni biz bilan birga kuylardi”, — deb yozdi aktrisa Dilnavoz Ismatullayeva.

Foto: Instagram

“Ustun quladi”, — deb yozdi Davron Kabulov marhumning oila a’zolariga ta’ziya bildirib. 

Foto: Instagram

“Sherali Jo‘rayev millat qo‘shiqchisi edi. O‘zbekistonning har bir qishlog‘ida Sherali Jo‘rayev qo‘shiqlarini ijro etadigan hofiz bor edi. Ustoz hayotlari davomida katta qo‘shiqchilik maktabini yaratib ketdilar”, — deydi Mahmud Namozov. 

Foto: Instagram

Rejissor Rustam Sa’diyev marhum hofizni “O‘zbek san’atining ibratli asl namunasi” deya e’tirof etdi. 

Foto: Instagram

Yaqinda onasidan ayrilgan xonanda Ozoda Nursaidova ham marhumning yaqinlariga ta’ziya bildirdi. 

 

Foto: Instagram

Aktrisa Intizor Tojiboyeva ham Sherali Jo‘rayevning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. 

Foto: Instagram

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »