Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Armaniston Mudofaa vazirligi 11—20-sentabr kunlari mamlakatda Armaniston—Amerika harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Foto: Wikimedia

Mashqlar Armaniston Mudofaa vazirligi tinchlikparvar brigadasining “Zar” o‘quv markazi bazasida xalqaro tinchlikparvar missiyalarda ishtirok etishga tayyorgarlik doirasida amalga oshiriladi. Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlar tinchlikparvarlik vazifalarini bajarishda “barqarorlashtirish operatsiyalari”ni o‘z ichiga oladi.

Armaniston Mudofaa vazirligi mashg‘ulotlar maqsadini “tinchlikparvarlik operatsiyalari doirasida xalqaro tinchlikparvar missiyalarda ishtirok etuvchi bo‘linmalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik darajasini oshirish, shuningdek, boshqaruv va taktik aloqada ilg‘or tajriba almashish” deb atadi.

Hisobotda qayd etilishicha, tinchlikparvar missiyalarga jalb qilingan bo‘linmalar “hamkor mamlakatlarda o‘tkaziladigan shu kabi qo‘shma mashg‘ulotlarda muntazam ravishda qatnashadi”.

Pashinyan KXSHT harbiy mashg‘ulotlarini rad etgandi

2023-yil yanvarida bosh vazir Nikol Pashinyan bu yilgi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining o‘quv mashg‘ulotlarini Armanistonda o‘tkazishdan bosh tortgandi. Keyinchalik u Yerevanda KXSHT “Armanistonni tark etayotgani” haqida taassurot borligini aytdi. Pashinyan Armaniston KXSHTga a’zolikni tugatish yoki muzlatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkinligini istisno qilmadi.

Pashinyan Italiyaning La Repubblica gazetasiga bergan intervyusida Armanistonning xavfsizlik borasida Rossiyaga qaramligi strategik xato ekanini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »