Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Markaziy banki ijtimoiy tarmoqlarda to‘lov tashkilotlari uchun transchegaraviy pul o‘tkazmalariga doir o‘rnatilayotgan cheklovlar yuzasidan tarqatilayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Brio Group MCHJ to‘lov tashkiloti tomonidan Ichki nazorat qoidalarining (ro‘yxat raqami 3266, 2020-yil 30-iyun) 31¹-bandi talablari, yaʼni oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarni aks ettirmasdan va ushbu turdagi xalqaro pul o‘tkazmalarini aniqlash bo‘yicha asosli va imkoni mavjud bo‘lgan zaruriy choralar ko‘rilmagan.

“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, rezident yuridik shaxslarga chet elda hisobvaraqlar ochish va undagi valyuta mablag‘larini tasarruf etish O‘zbekiston prezidenti yoki Hukumatining qarorlari doirasida amalga oshirilishi mumkin.

Biroq amaliyotda Brio Group MCHJ (OSON) to‘lov tashkiloti xorijiy bankda hisobvaraq ochib, mazkur bank hisobvarag‘i orqali yuqoridagi qonun talablariga zid ravishda amaliyotlar o‘tkazgan.

“To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonuni 4-moddasiga asosan to‘lov tashkiloti – bank hisoblanmaydigan, to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir. Shuningdek, to‘lov tashkilotlari Markaziy bank litsenziyasi asosida respublika hududida to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega.

Shu bilan birga, to‘lov xizmatlari – to‘lov yetkazib beruvchining (to‘lov tashkiloti) to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchiga (mijozga) ko‘rsatadigan xizmati bo‘lib, bunda to‘lov tashkilotlari bevosita tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchi yoki sotuvchi sifatida ishtirok etmaydi va to‘lovlarini chet eldagi benefitsiarlarga yetkazib berish hamda ulardan qabul qilish xizmati ular uchun tashqi savdo operatsiyasi hisoblanmaydi.

Shu munosabat bilan, to‘lov tashkilotlari o‘z mijozlarining to‘lovlarini chet eldagi benefitsiarga yetkazib berish amaliyotlarini tashqi savdo operatsiyasi sifatida tasniflab, qabul qilingan mablag‘larni boshqa valyutalarga ayirboshlashlari, shuningdek, transchegaraviy va davlatlararo tranzit tashkiloti sifatidagi operatsiyalarda ishtirok etishlari qonunchilikka muvofiq emas.

O‘zbekistonda xalqaro to‘lov xizmatlari va transchegaraviy pul o‘tkazmalari, shuningdek, xalqaro onlayn xizmatlarga to‘lovlar bo‘yicha hech qanday cheklovlar o‘rnatilmagan bo‘lib, tijorat banklarining platformalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

“Markaziy bank bundan keyin ham to‘lov tashkilotlari faoliyatida qonunchilik buzilishi holatlarini muntazam ravishda nazorat qilib, to‘lov tashkilotlari qonunchilik doirasida faoliyat yuritishlari borasida barcha choralarni ko‘radi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi oxirida Markaziy bank Oson ni to‘lov operatsiyalarini amalga oshirishda jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun jarimaga tortgani maʼlum bo‘lgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »