Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sentabr oyidan taʼlim muassasalarida o‘quv jarayonlari boshlanganidan so‘ng metropolitendan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni birinchi o‘quv kunida qariyb 520 mingni tashkil etdi. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan avgust oyining kunlik yo‘lovchilar soniga nisbatan 180 ming (53 foiz) yo‘lovchiga ko‘p. Shu sababli, yo‘lovchilar oqimini nazoratga olish, xizmat sifatini oshirish maqsadida, metropolitenning yo‘nalishlarida qatnov intervali tig‘iz vaqtlarda qisqartirildi.

Jumladan:

  • Chilonzor yo‘nalishi — 1,5-2 daqiqa;
  • O‘zbekiston yo‘nalishi — 3-4 daqiqa;
  • Yunusobod yo‘nalishi — 5 daqiqa;
  • Yerusti halqa metro yo‘nalishi — 7-8 daqiqa etib belgilandi.

“Shuni alohida taʼkidlash joizki, metrodan doimiy tarzda foydalanuvchi yo‘lovchilar to‘lovni bank va transport kartalari orqali amalga oshirishsa, o‘z vaqtlarini tejashlari hamda kassa oldidagi tirbandlikni maksimal darajada kamaytirishiga zamin yaratadi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkent shahridagi yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida, bugungi kunda ishga chiqarilayotgan 1464 ta avtobuslar sonini 1550 tagacha va bajariladigan qatnovlar sonini 21,7 mingtadan 22,8 mingtaga oshirish rejalashtirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »