Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Vashington Kiyevga 1 milliard dollardan ortiq qo‘shimcha yordam berishini ma’lum qildi. Bu haqda u Kiyevga tashrifi yakunlari bo‘yicha Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytdi.

Foto: AP Photo
“Bugun biz bir milliard dollardan ortiq yangi yordamni e’lon qilamiz. Bu 665,5 million dollarlik yangi harbiy va fuqarolik xavfsizligi yordamini ham o‘z ichiga oladi”, — dedi Blinken.

U AQSH Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini qo‘shimcha qildi.

Umuman olganda, AQSH Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri Vashington Kiyevga xavfsizlik sohasida yordam berish uchun 43 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratgan.

O‘z navbatida, Kuleba AQSH Davlat kotibi bilan Kiyev bir necha oydan beri Vashingtondan so‘rab kelayotgan uzoq masofali ATACMS raketalarini Ukrainaga yetkazib berish imkoniyatini muhokama qilganini aytdi.

“Ushbu variant ochiq qolmoqda. Umid qilamanki, AQSH maʼmuriyatidagi muhokamalar ijobiy qarorga olib keladi”, — dedi Ukraina TIV rahbari.

Entoni Blinken Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinidan keyin Kiyevga uchinchi rasmiy tashrif bilan keldi. 6-sentabr kuni u urushda halok bo‘lgan ukrainaliklar dafn etilgan Berkovets qabristoniga tashrif buyurdi.

AQSH Davlat kotibining Kiyevga tashrifi fonida Pentagon Amerikaning Abrams tanklari uchun Ukrainaga so‘ndirilgan uranli snaryadlar yetkazib berilishini e’lon qildi. Abrams tanklarining birinchi partiyasi Ukrainaga sentabr oyi o‘rtalarida yetib kelishi kutilmoqda, deb yozadi Politico.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »