Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Braziliya va uning prezidenti Rossiyani don bitimiga qaytara olishi mumkinligini aytdi. Bu haqda GloboNews xabar berdi.

Foto: CNBS

Blinkenga ko‘ra, don bitimida ishtirok etmagan davlatlar ham undan naf ko‘rgan, chunki “jahon bozorlarida oziq-ovqat ko‘pligi hisobiga narxlar past bo‘lgan”.

“Bunda Braziliya va uning prezidenti Lula da Silvaning ovozi juda muhim. Bu ovozdan foydalanib, ruslarni kelishuvga qaytishga ishontirish juda ijobiy bo‘lar edi. Rossiya oziq-ovqatdan urush quroli, maqsadlariga erishish uchun dastak sifatida foydalanmoqda”, — dedi AQSH davlat kotibi.

U Rossiya mazkur bitimdan chiqqanidan buyon barcha bozorlarda narxlar 10-15 foizga oshganini ta’kidladi.

Blinken Qora dengiz don kelishuvi davrida Ukraina 35 million tonna oziq-ovqat eksport qilishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi.

“Yuklarning yarmi rivojlanayotgan mamlakatlarga, bug‘doyning uchdan ikki qismi past va o‘rta daromadli mamlakatlarga jo‘natildi, ularning ko‘pchiligi Afrikada... Dunyo baland ovozda Rossiya bu kelishuvga qaytishini xohlashini aytmoqda. Albatta, Braziliya Rossiyani bunga yo‘naltirish uchun muhim taʼsir va ovozga ega”, — dedi Blinken.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »