Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qora dengizda don tashish tashabbusining taqdiri G‘arbga bog‘liq. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 8-avgust kuni Turkiya elchilarining Anqaradagi yillik konferensiyasida aytdi.

Urush davrida Qora dengiz portlari orqali Ukraina donini eksport qilishga ruxsat bergan “don bitimi”ning qayta tiklanishi “shu va’dalarni bajarishi kerak bo‘lgan G‘arb davlatlariga bog‘liq”, deya Turkiya rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltiradi AFP axborot agentligi.

Foto: Anadolu

Shu bilan birga, Erdo‘g‘on G‘arbni “Don tashabbusi yaratgan ijobiy muhitdan foydalanib, o‘t ochishni to‘xtatish va uzoq muddatli sulh tuzishga imkon beradigan” choralar ko‘rmagani uchun qoraladi. 

Erdo‘g‘on Qora dengizdagi vaziyat haqida gapirdi

Ayni vaqtda, Turkiya rahbari o‘z mamlakatining pozitsiyasi “aniq” ekanini ta’kidladi. Agar urush Qora dengizga tarqalib ketsa, bu butun mintaqa uchun falokat bo‘ladi, deb ogohlantirdi Erdo‘g‘on.

“Biroq yechim topish mumkin”, — deb qo‘shimcha qildi u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqinda bo‘lgan telefon suhbatiga ishora qilib.

O‘sha suhbat chog‘ida qo‘yilgan “Moskva talablari” inobatga olindi, dedi Erdo‘g‘on boshqa tafsilotlarni ochiqlamasdan. 

“Don bitimi” bekor qilinishidan oldin, Moskva kelishuvning Rossiya o‘g‘itlarini eksport qilishga oid qismi bajarilmayotganidan bir necha bor noroziligini bildirgan. Shu bilan birga, Kreml G‘arbni tanqid qilib, o‘z kuzatuvlariga ko‘ra, Ukraina donining katta qismi ochlikdan aziyat chekayotgan mamlakatlarga yuborilmayotgani, balki G‘arb bozorlarida qolayotganini ta’kidladi.

AFP xabariga ko‘ra, Qora dengiz don tashabbusi amal qilgan davrda Ukraina o‘z portlaridan jahon bozoriga 33 million tonna don eksport qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »