Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Rossiya hukumatini don kelishuvini uzaytirishdan bosh tortgani uchun keskin qoraladi.

Foto: Arxiv / Getty Images
 “BMTning har bir a’zosi Moskvaga aytishi kerak: yetar endi! Qora dengizdan shantaj vositasi sifatida foydalanishni bas qiling. Dunyodagi eng zaif odamlarga nisbatan savdo vositasidek qarashni to‘xtating. Yetar endi bu asossiz, uyatsiz urush”, — dedi Blinken 3-avgust kuni Nyu-Yorkdagi nutqida.

Blinken 80 dan ortiq davlat tomonidan imzolangan qo‘shma deklaratsiyani taqdim etdi, unda oziq-ovqatdan ziddiyat vositasi sifatida foydalanishni to‘xtatish talab qilingan. Hujjatni imzolagan davlatlar tinch aholi o‘rtasida ochlikdni urush taktikasi sifatida qo‘llashga chek qo‘yish choralarini ko‘rishga vaʼda beradi.

“Ochlikdan qurol sifatida foydalanmaslik kerak”, — deb ta’kidladi AQSH Davlat kotibi va BMTning barcha davlatlarini tashabbusga qo‘shilishga chaqirdi.

Rossiyaning don bitimini uzaytirishdan bosh tortdi

Iyul oyida Kreml don bitimi yakunlanganini e’lon qildi. Bitim bir yil avval Rossiya va Ukraina tomonidan BMT va Turkiya vositachiligida imzolangan edi, kelishuv Ukraina portlaridan don va oziq-ovqat tashish xavfsizligini tartibga solishga qaratilgan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, don bitimi davrida Ukraina Qora dengiz orqali 32,8 million tonna don va moyli o‘simliklar, asosan makkajo‘xori va bug‘doy eksport qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »