Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, bugungi kunda internet tarmog‘idan foydalangan holda shaxslarning mobil qurilmalarini hamda ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi akkaunt va kanallarini zararli dastur yuborish orqali bloklab (to‘sib) qo‘yish, maʼlumotlarini o‘chirib yuborish, o‘zgartirish yoki olib qo‘yish bilan qo‘rqitib, pul talab qilish yoki boshqa moddiy manfaatdorlik talab qilish holatlari yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, raqamli texnologiyalar makonida qonunga xilof ravishda kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullanish, anonim kripto-aktivlar mayningini amalga oshirish hamda mobil qurilmaning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodini qonuniy ishlab chiqaruvchisining ruxsatisiz o‘zgartirish kabi huquqbuzarlik holatlari ko‘payib boryapti.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan internetda tovlamachilik, noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasi va mayningi bilan shug‘ullanganlik uchun jinoiy javobgarlik hamda mobil qurilmaning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodini qonuniy ishlab chiqaruvchisining ruxsatisiz o‘zgartirish, shuningdek, ushbu maqsadda maxsus dasturlar ishlab chiqish, o‘tkazish yoki ulardan foydalanish uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.

Qonun tashabbuskorlarining maʼlum qilishicha, noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasi va mayningi bilan shug‘ullanganlar, agar ularni tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida o‘z ixtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan bo‘lishsa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan qonun loyihasini yanada takomillashtirish, pishiq-puxta holatga keltirish bo‘yicha bir qator asosli takliflar berilgan. Loyihadagi ayrim normalar yuzasidan turli savollar ko‘tarilgan va ularga mutasaddilardan atroflicha javoblar olingan. Qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng, deputatlar qonun loyihasining zaruratini hisobga olib, uni birinchi o‘qishda qabul qilgan.

O‘zgalarning shaxsiy ma’lumotlarini tarqatish orqali pul undirish holatlari

  • Iyul oxirlarida Buxoro shahrida erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lib, uni turmush o‘rtog‘iga oshkor qilmaslik evaziga telefon talab qilgan qiz qo‘lga olingandi.
  • May oyida Toshkentda ayolning foto-videolarini eri va qaynotasiga ko‘rsatishini aytib, undan pul talab qilgan erkak ushlangani
  • Toshkent viloyatida 19 yoshli qizning suratlarini tarqatish bilan tahdid qilgan yigit qo‘lga tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »