Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning 6-sentabrdagi qarori bilan Samarqand shahri jamoat transporti uchun yo‘lkira narxi o‘zgardi.

Foto: Livejournal
Unga ko‘ra, avtobus, elektrobus va tramvay qatnovlari uchun yo‘lkira naqd yoki bank kartasidan to‘langanda 2000 so‘m, ATTO transport kartasi bilan to‘langanda esa 1600 so‘m etib belgilandi.

Transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli tariflar ham joriy etildi.

Xususan, birinchi avtobus uchun to‘lov 1600 so‘m bo‘lsa, ikkinchi avtobusga o‘tganda 400 so‘m to‘lanadi. Uchinchi va keyingi avtobuslarda yurish bepul bo‘ladi. Agar uchinchi o‘tilayotgan transport tramvay bo‘lsa, 1000 so‘m to‘lanadi.

Agar yo‘lovchi birinchi tramvayga chiqqan bo‘lsa, 1600 so‘m to‘lanadi, undan keyin avtobusga o‘tilganda 1000 so‘m, ikkinchi avotobusga o‘tilganda 400 so‘m to‘lanadi. Uchinchi va undan keyingi avtobuslarga o‘tilganda pul to‘lanmaydi.

Shuningdek, avtobus va elektrobusda yurish uchun kunlik tariflar (bir kunlik — 6000 so‘m, 5 kunlik — 23 ming so‘m, 7 kunlik — 30 ming, … 365 kunlik — 1 million 350 ming so‘m) ham joriy etildi. Pensionerlar, nogironlar va talabalar uchun 50 foiz chegirma beriladi.

Avtobus, elektrobus va tramvayda yurish uchun kunlik tarif — 7000 so‘m, 5 kunlik — 32 ming, 7 kunlik — 40 ming… 365 kunlik — 1,9 million so‘m etib belgilangan.

Hujjatda qayd etilishicha, Samarqand shahri jamoat transportida elektron to‘lov tizimi keng joriy etilishi inobatga olingan holda aholini yetarli miqdorda transport kartalari bilan ta’minlash, shahar hududida shunday kartalarni sotish shoxobchalarini tashkil etish choralari ko‘riladi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »