Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Toshshahartransxizmat” poytaxtda 12-sentabrda to‘rtta avtobus yo‘nalishi qisqartirilishini maʼlum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

16-sonli “Haydarobod” mahallasi – Toshkent vokzali avtobus yo‘nalishining harakati “Haydarobod” mahallasidan Navro‘z (TTZ) bozori bekatigacha qisqartiriladi.

Foto: “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati

16-sonli yo‘nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar “Haydarobod” mahallasigacha yetib olishlari uchun 4-sentabr kunidan yangi tashkil etilgan 159-sonli “Haydarobod” mahallasi – Navro‘z bozori avtobus yo‘nalishi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

25-sonli Yunusobod 9-dahasi – Seleksiya instituti yo‘nalishining harakati Seleksiya institutidan Navro‘z (TTZ) bozori bekatigacha qisqartiriladi.

Foto: “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati

25-sonli yo‘nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar Seleksiya institutigacha yetib olishlari uchun 2023-yil 4-sentabr kunidan yangi tashkil etilgan 3-sonli Navro‘z bozori – O‘nqo‘rg‘on mavzesi avtobus yo‘nalishi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

117-sonli Do‘stlik 2-mavzesi – Food City savdo markazi yo‘nalishining harakati Do‘stlik 2-mavzesidan Toshkent quvur zavodi bekatigacha qisqartiriladi.

Foto: “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati

117-sonli yo‘nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar Do‘stlik 2-mavzesigacha yetib olishlari uchun 2023-yil 4-sentabr kunidan yangi tashkil etilgan 144-sonli Do‘stlik 2-mavzesi – Quruvchilar metrosi avtobus yo‘nalishi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

150-sonli Chilonzor 25-dahasi –Yunusobod 19-dahasi yo‘nalishining harakati Yunusobod 19-dahasidan Paxtakor metrosi bekatigacha qisqartiriladi.

Foto: “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati

150-sonli yo‘nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar Yunusobod 19-dahasigacha yetib olishlari uchun 2023-yil 4-sentabr kunidan yangi tashkil etilgan 157-sonli Yunusobod 19-dahasi – Paxtakor metrosi avtobus yo‘nalishi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

Sentabr boshida “Toshshahartransxizmat” yo‘lovchilardan kelib tushgan murojaatlar asosida qo‘shimcha 7 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilganini e’lon qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »