Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Koreya xalq demokratik respublikasi(KXDR)da mamlakat tashkil topganining 75 yilligi sharafiga fuqaro mudofaa kuchlari paradi bo‘lib o‘tdi, unda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In, uning qizi Kim Chju E ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Koreya markaziy telegraf agentligi (KCNA).

Foto: KCNA

1948-yil 9-sentabrda KXDR davlatiga asos solingani e’lon qilingan, bu sana har yili Koreya yarimorolining shimolida davlat bayrami sifatida nishonlanadi.

“8-sentabr kuni Pxenyan shahridagi Kim Ir Sen maydonida KXDR tashkil etilganining 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali Qurolli fuqaro mudofaasi kuchlarining harbiy paradi bo‘lib o‘tdi... Harbiy paradda hurmatli o‘rtoq Kim Chen In hozir bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Foto: KCNA
Foto: KCNA
Foto: KCNA
Foto: KCNA

Tantanali tadbirlarda ishtirok etish uchun KXDRga tashrif buyurgan XXR partiya-hukumat delegatsiyasi a’zolari, Rossiya va Xitoy diplomatlari taklif etilgan.

Agentlik xabariga ko‘ra, osmonda “75” raqamini hosil qiluvchi samolyotlar saf tortgan, harbiy orkestr chiqish qilgan, KXDR davlat bayrog‘ini ko‘tarishga bag‘ishlangan tantanalar o‘tkazilgan. Parad yakunida mushaklar otilib, tadbir ishtirokchilari “Manse!” (“Ura”) deb hayqirgan.

Foto: KCNA
Foto: KCNA

Avvalroq Kim Chen In Shimoliy Koreyaning taktik yadro quroli bilan jihozlangan yangi suvosti kemasini suvga tushirish marosimida qatnashgandi.  KXDR barcha og‘ir suvosti kemalarini modernizatsiya qilish va ularni taktik yadro qurollari bilan jihozlashni rejalashtirmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »