Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyada kiberjinoyatlar darajasi migrant xakerlar — Rossiyada safarbarlik boshlanganidan keyin mamlakatni tark etgan dasturchilar oqimi tufayli oshdi, deb yozmoqda Financial Times turk politsiyasidagi manbalar va kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertlarga tayanib.

Foto: GQ

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, migrant xakerlar dastlab mayda onlayn firibgarlik bilan shug‘ullangan, mahalliy xakerlar bilan hamkorlikda Yevropa bozorida o‘g‘irlangan ma’lumotlarni sotish va daromadlarni yuvishga kirishgan.

Biroq yaqinda turk politsiyasi tergov ochishga qaror qildi, chunki rossiyalik va mahalliy xakerlar bir-birining kuchli tomonlaridan foydalanadigan guruhlar tuza boshlagan.

Xususan, anonim qolishni istagan kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassisning nashrga aytishicha, u rossiyaliklarning turkiyalik xakerlarni katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashga o‘rgatadigan Telegram guruhiga kirib ko‘rgan. Chatdagi xakerlar G‘arbiy Yevropadagi aloqalari orqali foydali bitimlarga erishgan.

Manbaning ta’kidlashicha, boshqa shunga o‘xshash chatlarda xakerlar o‘g‘irlangan kriptovalyutani turk lirasiga aylantirish va Turkiya fuqaroligini olish uchun ko‘chmas mulk sotib olish yo‘llarini muhokama qilgan.

“Ular orasida taniqli xakerlar yo‘q, lekin ular juda faol ishlamoqda, jarayonlarni avtomatlashtirishni yaxshi o‘rganib olgan — ularning mahsuldorligi tez sur’atlar bilan o‘sib boryapti”, — deb xulosa qildi nashr suhbatdoshi.

Gazeta manbalariga ko‘ra, xakerlar Redline zararli dasturi yordamida ma’lumotlarni to‘playdi, bu dastur ko‘pchilik antiviruslarni chetlab o‘tadi. Redline’ning asosiy xususiyati — cookie-fayllarga o‘rnashib olishi.

O‘z navbatida, Auren Cyber ​​Israel kompaniyasidan axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Osher Assor xakerlar so‘nggi bir necha soat ichida to‘plangan yangi ma’lumotlar paketlarini maxsus Telegram guruhlarida muntazam ravishda joylashtirib turishini ta’kidladi, bu esa ularni yanada qimmatli qiladi.

Rossiyada safarbarlik 2022-yil sentabr oyi oxirida boshlangan va Rossiya rasmiylarining bayonotlariga ko‘ra, noyabr oyi boshida yakunlangan. Mobilizatsiya paytida ko‘plab ruslar mamlakatni tark etdi. Ketganlar soni haqida aniq ma’lumotlar yo‘q, ammo gap o‘n yoki yuz minglab odamlar haqida ketayotgani taxmin qilinmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »