Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

7-sentabr kuni onlayn kinoteatrlarda Jeki Chan ishtirokidagi “Yashirin zarba” jangovar filmi paydo bo‘ldi. Bu aktyorning bu yil hisobidan ekrandagi ikkinchi to‘liq metrajli chiqishi – “Kung-fu ayg‘ir” kartinasi biroz oldin chiqqandi.

“Kung-fu ayg‘ir”

Foto: Filmdan kadr

Lu (Chan) bir paytlar eng qiyin va xavfli tryuklarni ijro etgan kaskadyor bo‘lgan, biroq so‘nggi yillarda uning jismoniy faolligi pasaygan. Og‘ir jarohati tufayli kinoni tark etishga majbur bo‘lganidan keyin qarzga botib qolgan va onasining o‘limidan so‘ng undan ranjigan qizi Syao Bao (Liu Xaotsun) u bilan gaplashmay qo‘ygan. Luning yagona quvonchi – Olov laqabli sevimli oti. Ular birgalikda sayyohlar bilan suratga tushib, tirikchilik uchun pul topishadi. Ammo bir muammo bor: kollektorlar otni olib ketmoqchi. Shu sababli Lu g‘ururini bir chetga surib, huquq fakultetida tahsil olayotgan qizidan yordam so‘rashi kerak.

Bu Jeki Chan ishtirokidagi jonli filmlarni juda sog‘inganlar uchun nostalgik film. Jeki Chan ishtirokidagi haqiqiy filmlardan olingan kadrlar esa yig‘latishi mumkin. Aytgancha, mazkur film avtobiografik xarakterga ega: aktyorning ham nikohsiz qizi bilan munosabatlari yaxshi bo‘lmagan.

“Yashirin zarba”

Foto: Filmdan kadr

Kelajakda Yaqin Sharq xavfli cho‘lga aylanadi, neft esa dunyodagi eng qimmat tovar hisoblanadi. Terrorchilar Xitoyda yonuvchi suyuqlik ishlab chiqaradigan zavodni egallab olishga, kompaniya boshliqlari esa kompaniya xodimlarini evakuatsiya qilishga urinmoqda. Buning uchun ular tajribali jangchi Ajdar Lu (Chan) boshchiligidagi guruhni yollashadi. Yovuz yollanma askarlar tomonida sobiq amerikalik dengiz piyodasi Kris Van Xorn (Jon Sena) o‘zining akasi Genri (Amadeus Serafini) uni aldayotganini tushunib, Ajdar Lu tomonga o‘tadi. Xorn va Lu zavodning qo‘lga olingan xodimlarini qutqarishga harakat qilishadi.

Qadimgi kung-fu jangovar filmlari muxlislari uchun filmda ajoyib sahnalar mavjud. “Yashirin zarba” kompozitsiya jihatdan “Telba Maks”ga o‘xshab ketadi: jazirama cho‘l, mashina poygalari, uyum-uyum temir-tersaklar — bir so‘z bilan aytganda, post-apokaliptik ilmiy fantastikaning barcha atributlari shu yerda. Aytgancha, “Kung-fu ayg‘ir” filmidagi kabi bu kartinada ham Channing qahramoni qizi bilan munosabatlarini yaxshilashga harakat qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »