Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Agar odamlar Ginnesning rekordlar kitobiga atay harakat qilib kirishadi deb o‘ylasangiz, adashasiz. Ular ichida tasodifan kirganlar ham bor.

Jeki Chan

Foto: Getty Images

Jeki Chan yuzlab filmlarda murakkab tryuklarni o‘zi bajarib, kaskadyor xizmatidan foydalanmagan. Mashaqqatli mehnat natijasini berdi: Jeki Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. Aktyor suratga olish maydonchasida ba’zi vaqtlarda xavfli tryuklar qilishdan qo‘rqishini tan oladi, lekin u mukammal kadr uchun hayotini qurbon qilishga ham tayyor.

Foto: Getty Images
“Hamma qo‘rqqani kabi men ham qo‘rqaman. Biz g‘ayritabiiy odam emasmiz. Lekin kamera yoqilganini eshitganimda birdan energiya quyilib kela boshlaydi”, — deydi aktyor o‘z ishi haqida.

Jastin Biber

Foto: Getty Images

Jastin Biber tarixdagi eng omadsiz musiqiy klip yaratgani bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. Xonandaning Baby qo‘shig‘iga ishlangan klip juda tez fursatda 10 millionta dizlayk yig‘gan.

Dueyn Jonson

Foto: Getty Images

Aktyor eng ko‘p selfi qilgani bilan maqtanishi mumkin. Aslida bu tasodifan sodir bo‘lgan. Dueyn Jonson muxlislari bilan shunchaki bir-ikkita suratga tushmoqchi bo‘ladi va 3 daqiqada ichida u 105 ta selfi suratga oladi.

Kichik Robert Dauni

Foto: Getty Images

Aktyor Rekordlar kitobiga kirishga harakat ham qilmagan. Muxlislari Robertga 5339 ta imzo qo‘yilgan otkritka sovg‘a qilishgan. Tug‘ilgan kuniga yuborilgan bunday sovg‘a aktyor uchun kutilmagan bo‘lgan.

Joan Rouling

Foto: Getty Images

Zinapoya ostidagi tor xonada yashagan chaqmoq ko‘rinishidagi chandiqli bola haqida bilmagan odam yo‘q bo‘lsa kerak. Shunday qilib, uning yaratuvchisi Ginnesning rekordlar kitobining uch karra g‘olibi hisoblanadi.

Foto: Getty Images

Joan Rouling milliard dollar ishlab topgan birinchi yozuvchi bo‘ldi. Bundan tashqari, yosh sehrgarlar haqidagi kitob bir sutkada eng ko‘p sotilgan asar hisoblanadi. Shuningdek, hikoyachi shunday katta daromadga ega bo‘lgan bolalar adabiyotining birinchi muallifiga ham aylandi.

Eminem

Foto: Getty Images

Hech kim u kabi tez o‘qiy olmaydi. Qo‘shiq oxirida Eminem 30 soniyada 229 so‘zni qofiya qila oladi.

“O‘zimdan qofiya olmaslik uchun ba’zan eski qo‘shiqlarni tinglayman. Ba’zida shunday bo‘ladiki, qofiya miyamda paydo bo‘ladi, shunda buni ilgari ishlatganmanmi yoki yo‘qmi tekshirishim kerak. Menda qofiya o‘ylab topishga asoslangan kasallik bor”, — deydi reper.
Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »