Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bu mashhurlar eng qimmat mashina va pullik avtoturargohlarni bir zumda sotib olishlari mumkin. Ammo ular mashina haydashni xohlashmaydi. Nega?

Kristina Agilera

Foto: Getty Images

Tunda mashina boshqarish Kristina Agileraning yoshligidagi sevimli mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan. Ammo Los-Anjelesga ko‘chib o‘tish bilan hammasi o‘zgaradi. Bu yerdagi tirbandlik shu qadar ko‘pki, qo‘shiqchi mashina haydashdan voz kechadi. Har doim shoshayotgan haydovchilar tufayli unga nimadir bo‘lishi ehtimoli katta edi. 

“Hozirda mashina haydamayman. Haydovchilik guvohnomam bor — uni 21 yoshimda olganman. Lekin Los-Anjelesdagi tirbandliklardan dahshatga tushaman”, — deydi u.

Ed Shiran

Foto: Getty Images

Ed Shiran ham haydovchilik guvohnomasiga, ham sport avtomobillarining butun kolleksiyasiga ega, lekin u kamdan-kam hollarda mashina haydaydi. Ma’lum bo‘lishicha, musiqachi tezlikdan juda qo‘rqadi. Qolaversa, u poyga mashinalari rulida ahmoqdek ko‘rinishni xohlamaydi – uning qiyofasi bunday mashinalarga to‘g‘ri kelmaydi, deb hisoblaydi.

Cardi B

Foto: Getty Images

Mashinalarni haydamasdan ham sevish mumkinligini Cardi B isbotlab bergan: xonanda butun boshli mashinalar parkiga ega, ammo u haydashni o‘rganish niyatida emas. Unga zamonaviy mashinalar faqat chiroyli kadrlar uchun kerak. Uni har doim shaxsiy haydovchisi yoki sevimli eri olib yurishi mumkin bo‘lganda, avtomobil boshqarishning hojati ham yo‘q.

Robert Pattinson

Foto: Getty Images

Ma’lum bo‘lishicha, Robert Pattinsonning otasi avtomobil sotuvchisi bo‘lib ishlaydi va mashinalarni mohirlik bilan boshqaradi. Aktyorning o‘zi bu masalada otasichalik emas: uning guvohnomasi bor, hatto mashina ham sotib olgan. Biroq mashina boshqarishning birinchi tajribasi shunchalik omadsiz bo‘ladiki, yulduz qaytib rulga o‘tirmoqchi emas.

Deniel Redkliff

Foto: Getty Images

2008-yilda Deniel Redkliff dispraksiyadan aziyat chekishini tan oladi. Ushbu kasallikda harakatlarni muvofiqlashtirish buziladi. Odam oddiy narsalarni bajarolmaydi: tishlarini yuvishdan tortib, poyabzal bog‘ichlarini bog‘lashgacha. Shuning uchun aktyor mashina haydashdan voz kechishga qaror qiladi. Haydovchilik guvohnomasi bor bo‘lsa ham u uchun xavfsizlik eng muhim narsa.

Jastin Biber

Foto: Getty Images

Ammo Jastin Biber shunchaki haydovchilik guvohnomasini ololmagan. Instruktorining so‘zlariga ko‘ra, musiqachi rulda o‘ta emotsional bo‘lgan va tajribali haydovchilar undan o‘tib ketgan paytda g‘azabini zo‘rg‘a bosib o‘tirgan. Natijada xonanda mashg‘ulotlarni to‘xtatishga qaror qiladi va hozirda shaxsiy haydovchi xizmatidan foydalanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »