Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Navoiy kon-metallurgiya kombinati oltin ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda kombinat axborot xizmati.

Foto: NKMK

Ma’lum qilinishicha, Kanadaning Kitco xalqaro tahliliy markazi 2023-yilning birinchi yarim yilligida dunyodagi Top-10 ta eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi. Mazkur ro‘yxatga ko‘ra, Navoiy kon-metallurgiya kombinati 5-o‘rinni egallab, oltin ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biri bo‘ldi.

Joriy yilning 1-yarim yilligida kombinat tomonidan 1,425  million unsiya oltin ishlab chiqarilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga oshgan. Shuningdek, dunyodagi eng yirik oltin konlaridan biri hisoblanadigan “Muruntov” koni NKMKga tegishli ekanligi qayd etildi.

Kadr: Kitco xalqaro tahliliy markazi 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »