Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Turkiston viloyati ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudi Sariag‘ash tumanida besh yoshli qizni zo‘rlash va o‘ldirishda ayblanayotgan shaxsga nisbatan hukm chiqardi, deb xabar bermoqda “Otyrar.kz”.

Foto: “Azattik”

Ayblanuvchi — 48 yoshli muqaddam sudlangan shaxs. U umrbod qamoq jazosiga va kimyoviy kastratsiyaga hukm qilindi, jazoni favqulodda qo‘riqlash muassasasida o‘taydi.

“Azattik” xabariga ko‘ra, sud, shuningdek, ayblanuvchini jabrlanuvchining oilasiga 100 million tenge (217 ming dollar) miqdorida ma’naviy tovon puli to‘lashga hukm qilgan.

Maxsus xavfsizlik xodimlari erkakni sud zalidan olib chiqayotganda marhum qizchaning onasi unga tashlanmoqchi bo‘lgan, keyin ortidan shisha stakan uloqtirgan.

To‘qayev qizchaning o‘limi ishini sinchiklab o‘rganishni buyurgan

Turkiston viloyati Sariag‘ash tumanidagi qotillik iyul oyida sodir bo‘lgandi. Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi uyiga mast holda qaytayotganida yo‘lda o‘ynayotgan qo‘shni qizchani ko‘rgan. Uni aldab, uyiga olib kirgan, zo‘rlagan va jinoyat izlarini yashirish uchun oshxona pichog‘i bilan bir necha marta pichoqlagan. Jabrlanuvchi olgan jarohatlaridan jinoyat joyida vafot etgan. Uning jasadi erkakning molxonasidan topilgan.

Jinoyat keng rezonansga sabab bo‘ldi. Mahalliy aholi gumonlanuvchini “samosud” qilish niyatida edi, biroq politsiya uni o‘z vaqtida qishloqdan olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Voqea mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning e’tiboridan chetda qolmadi, u Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga voqea holatlarini chuqur o‘rganishni topshirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »