Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ish haqini ololmayotgan 131 nafar o‘zbekistonlikka oylik maoshi undirib berilganini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Rossiyada ishlayotgan bir guruh o‘zbekistonliklar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qo‘llab-quvvatlash markaziga oylik maoshini undirib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Mazkur murojaat ishi doirasida Markaz masʼul xodimlari tomonidan ish beruvchi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida “SMU-161” qurilish korxonasidan 131 nafar fuqaroning 11 million 517 ming rubl (120 ming AQSH dollari) miqdoridagi oylik maoshlari to‘liq undirilib berilgan.

Bundan avval Janubiy Koreyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarning 148 ming dollar puli undirib berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »