Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yura Shatunov hayot bo‘lganida 6-sentabr kuni 50 yoshga to‘lgan bo‘lardi. U ko‘p avlodlarning kumiriga aylandi, uning deyarli barcha qo‘shiqlari yod bo‘lib ketdi. Ammo ko‘pchilik uning bolaligi og‘ir o‘tganini bilmaydi.

  • Shatunov 1973-yilda tug‘ilgan. U dunyoga kelganda ota-onasi yosh va balog‘atga yetmagan edi, shuning uchun ular bolani bobosi va buvisi tarbiyasiga berishadi. Ammo bobosi vafotidan keyin bola yana onasinikiga ko‘chib o‘tadi.
Foto: AdMe
  • O‘sha paytda ota-onasi allaqachon ajrashgan, onasi Vera Shatunova ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan yashayotgandi. O‘gay otasi Yurani yaxshi ko‘rmasdi, shuning uchun bola ko‘pincha ko‘chada yurar, hatto uydan qochib ketardi. Ota-ona mehrini his qilmaydigan oilada yashash unga og‘ir botardi.
  • Yuraning onasi kasal bo‘lib, ahvoli yildan yilga yomonlashardi. Ayol butunlay og‘irlashib qolgach, o‘g‘lini maktab-internatga beradi.
  • Onasi Vera Shatunova 29 yoshida vafot etadi. Shundan keyin yosh Shatunov bir muddat xolasi bilan yashaydi. Xolasi Nina Dolgushina xalq qo‘shiqlari ansamblida qo‘shiq kuylardi va bolani tez-tez mashg‘ulotlarga olib borardi. Yura nota yozuvlarini tushunmasa ham eshitish qobiliyati kuchli edi. U garmoshka yoki gitarada hech qanday muammosiz istalgan kuyni chala olardi.
Foto: AdMe
  • Keyinchalik Shatunovning ikkinchi xolasi uni vasiylikka oladi, ammo oilaning moliyaviy ahvoli og‘irligi sababli bir muncha vaqt o‘tgach, xolasi uni bolalar uyiga berishga qaror qiladi. Bundan xabar topgan Yura boshpana berar, degan umidda otasining oldiga boradi. Otasining esa allaqachon boshqa oilasi bor edi va o‘g‘lini o‘zi bilan olib ketishni xohlamaydi. “Laskoviy may”ning bo‘lajak yulduzi o‘zining vasiyligi bo‘yicha komissiya ish ochgunga qadar sargardonlikda yuradi.

  • Shundan so‘ng Yura Oqbuloq qishlog‘idagi mehribonlik uyi direktori Valentina Tazekenova bilan tanishadi. U Yuraning hayotini eshitib, komissiyani o‘smirni o‘z muassasasiga berilishiga ko‘ndiradi. Aynan Valentina Yuraga onalik qiladi.
Valentina Tazekenova
Foto: AdMe
  • Bir yil o‘tgach, ayol Orenburgdagi 2-sonli maktab-internatni boshqara boshlaydi va Shatunovni o‘zi bilan olib ketadi. Aytish mumkinki, Yuraning ijod yo‘lidagi ilk qadamlari aynan shu yerda boshlangan.
  • Maktab-internatda yigit Vyacheslav Ponomaryev va Sergey Kuznetsov bilan tanishadi, ular Yurani o‘z guruhida solist bo‘lishga taklif qilishadi. Afsonaviy “Laskoviy may” guruhi shunday paydo bo‘ladi. Qo‘shiqlarni Kuznetsov yozadi, Ponomoryev bass chaladi, Yura esa kuylaydi.
Foto: AdMe
  • Jamoa tez orada Orenburgda mashhurlikka erishadi, ular mahalliy yoshlarning kumirlariga aylanishadi. Bir kuni qo‘shiqlarining kassetasi o‘sha paytda mashhur bo‘lgan “Miraj” guruhi prodyuseri Andrey Razinning qo‘liga tushadi. Razin yigitlarning katta salohiyatga ega ekanini darhol anglaydi.
  • Ularni o‘z qanoti ostiga oladi — Yura Shatunovning yetimligi esa jamoaga yanada katta shon-shuhrat keltiradi.
  • “Laskoviy may” katta muvaffaqiyat hamda mashhurlikka erishadi va Yuriy Shatunov ayollarning sevimlisiga aylanadi. Yigitlarning surati tushirilgan plakatlar tezlikda sotilardi, ular Stallone va Jan-Klod van Damm suratlaridan ham qimmatroq edi.
Foto: AdMe
  • 1991-yilda musiqiy guruh Amerika shaharlari bo‘ylab gastrol safariga chiqadi. Tez orada Yuriy jamoani tark etib, yakkaxon karyerasini davom ettirishga qaror qiladi. Yetimligi uchun hammaning rahmi kelgan bechora bola rolini o‘ynashdan charchaydi.
  • Afsuski, o‘sha paytda Yuraning mashhurligi pasaya boshlaydi. Muxlislar allaqachon “Laskoviy may”ning xitlarini yoddan bilar, ammo san’atkorning yangi qo‘shiqlari avvalgidek mashhur bo‘lmayotgandi. Mashhurlikning ikkinchi to‘lqini 2000-yillarning boshlariga to‘g‘ri keldi. Shatunov yana stadionlarni to‘ldira boshladi, uning qo‘shiqlari muxlislarni iliq nostalji bilan quvontirdi.
Foto: AdMe
  • Shaxsiy hayotda ham Yuraning ishlari joyida edi. U advokat qiz Svetlanaga uylanadi. Er-xotin ikki farzandning ota-onasi bo‘lishadi.
  • Yuriyning yakka o‘zi ham mashhur bo‘la boshlashi sobiq prodyuseri Andrey Razin unchalik ham yoqmaydi. U Shatunovni “Laskoviy may” qo‘shiqlariga bo‘lgan mualliflik huquqlari uchun sudga beradi. Uzoq davom etgan jarayonlaridan so‘ng Yura sudda yutib chiqadi.
Yura Shatunov katta o‘g‘li Denis bilan
Foto: AdMe

  • Bu mojaro qo‘shiqchining sog‘lig‘iga ta’sir qilsa-da, ammo u ijodiy faoliyatini davom ettiradi. Shatunovning ish jadvali juda tig‘iz edi — u tinmay ishlardi. 2022-yil 20-iyundagi konsertidan so‘ng xonanda ko‘krak qafasidagi og‘riqdan shikoyat qiladi. 22-iyun kuni do‘stlari bilan kechki ovqatdan keyin Shatunovning ahvoli yomonlashadi. Do‘stlari uni kasalxonaga olib borishadi, ammo qo‘shiqchi o‘sha yerda yurak xurujidan vafot etadi. “Laskoviy may” yulduzi butun hayotini musiqaga bag‘ishladi va umrining oxirigacha sahnani tark etmadi.
Foto: AdMe

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »