Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov Islom Maxachevni qo‘llab-quvvatlash uchun UFC 294 turniriga tashrif buyurishini aytib o‘tdi.

“Habib burchakda bo‘lmasligi mumkin. Tayyorgarlik ko‘rishlarga boradi, ko‘radi, maslahatlarini ayamaydi. Jangga bormaslik degan narsa yo‘q. Sekundant bo‘lmaydi, doim Islomning yonida bo‘lmaydi, lekin jangga boradi, ha. Hammamiz boramiz va Islomni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi Eagle FC ligasi prezidenti Shamil Zavurov. 

Eslatib o‘tamiz, UFC 294 turniri 21-oktabr kuni Abu-Dabida (BAA) bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning asosiy jangi Islom Maxachev va Chalrz Oliveyra o‘rtasida kechadi. 

Ular o‘rtasidagi dastlabki jang 2022-yilning oktabr oyida UFC 280 doirasida bo‘lib o‘tgan va unda Islom ikkinchi raundda sabmishen evaziga Oliveyrani taslim etib, kamarni o‘ziniki qilgandi.

Shundan keyin Maxachev UFC 284 turnirida Aleksandr Volkanovskini ochkolar evaziga mag‘lub etdi. Charlz esa iyun oyida o‘tkazilgan UFC 289 da Beneil Dariushni nokautga uchratdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »