Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2024-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich barcha shahar va tumanlarda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi. Bu haqda prezident qarorida so‘z boradi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bunda, tuman va shahar budjetlariga tushadigan soliq tushumlarining bir qismi mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilish jamg‘armalariga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, tashabbusli budjet amaliyotini va mahallalarning moliyaviy mustaqilligini yanada kengaytirish maqsadida 2024-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun davlat budjetidan 10 trillion so‘m, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun kamida 4 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yil birinchi bosqich qanday o‘tgandi?

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yil birinchi mavsumida qariyb 16 million nafardan ortiq odam loyihalarga ovoz bergan. Bu o‘zbekistonliklarning 45 foizi degani. Birinchi mavsumda aholi tomonidan yo‘l, suv, elektr, maktab, bog‘cha va shifoxonalarni yaxshilashga 33 ming 680 ta loyiha takliflari ovozga qo‘yilgan. Yakuniy natijalarga ko‘ra, shundan 1 ming 666 ta loyiha g‘olib deb topilgan. Mazkur loyihalarda keltirilgan tashabbuslarni amalga oshirish uchun 1,6 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Bosh prokuratura “Tashabbusli budjet” jarayonlarining birinchi mavsumida tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi nazoratga olinganini xabar qilgan.

Avvalgi mavsumda ayrim fuqarolarni, xususan, o‘qituvchi va boshqa kasb egalarini ovoz berishga majburlash holatlari kuzatilayotgani muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Keyin prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi. Qarorga ko‘ra, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Ovoz yig‘ishga majburlash tegishli tashkilot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »