Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi maktabda “Tashabbusli budjet” uchun o‘qituvchilardan 500 ming so‘mdan pul yig‘ilgani aniqlandi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

 
 
 
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 12-umumta’lim maktabida “Tashabbusli budjet” uchun o‘qituvchilardan 500 ming so‘mdan pul talab qilingani aks etgan audioxabar tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining ishchi guruhi dastlabki o‘rganish ishlarini olib bordi. 

Ta’lim maskanidagi 27 nafar o‘qituvchidan yozma tarzda so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra 11 nafar pedagog haqiqatan ham majburan pul talab etilganini, 16 nafari esa o‘z xohishlariga ko‘ra tashabbus ko‘rsatishganini bildirib o‘tdi. 

 Ayni paytda ushbu vaziyat bo‘yicha tuman hokimligi, viloyat hamda tuman  bandlikka ko‘maklashish markazi va tuman prokuraturasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish yakuni yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »