Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli budjet” jarayonlari doirasida majburiy ovoz berish holatlariga duch kelgan fuqarolarni bu haqda xabar berishga chaqirdi.

 
 
Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi videosidan kadr

Ma’lum qilinishicha, ayrim hududlarda budjet tashkilotlari xodimlarini majburiy tarzda ovoz berishga jalb etish holatlari kuzatilayotgani yuzasidan eʼtirozlar kelib tushmoqda.

Vazirlik 2023-yil 10-apreldagi prezident qaroriga ko‘ra, ovoz yig‘ishga majburlash majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanishini eslatib o‘tdi. Bundan tashqari, majburiy ovoz to‘plash holatlari yuzasidan kelib tushgan barcha murojaatlar huquqiy baho berish uchun vakolatli organlarga taqdim etilayotganini bildirdi.

Hurmatli fuqarolar, agar siz ham “Tashabbusli budjet” jarayonlari doirasida majburiy ovoz berish holatlariga duch kelsangiz, bu haqda zudlik bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligining ishonch raqamlariga yoki “Ochiq budjet” axborot portalining onlayn murojaat bo‘limiga xabar berishingizni so‘raymiz, — deyiladi xabarda.

“Ochiq budjet” axborot portalining onlayn murojaat bo‘limiOnlayn murojaatnomalar.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining ishonch raqamlari:

  • +99871 2035141; +99871 2035050 (ichki raqam — 01115);
  • +99871 2031993 (ichki raqamlar — 01116, 01117).

“Tashabbusli budjet”ning 2023-yil ikkinchi mavsumidagi loyihalarga ovoz berish 27-avgustdan boshlangandi. Ovoz berish jarayonlarining dastlabki kunlari tizimda ayrim texnik muammolar ham kuzatilgandi. Bu ovozlar sonini sunʼiy ravishda ko‘paytirish maqsadida ishlab chiqilgan norasmiy botlar orqali ovoz yig‘ish, shuningdek, turli xil spam va xakerlik hujumlari oqibatida yuzaga keldi. Ayni paytda barcha zaruriy texnik choralar ko‘rilib, axborot portali faoliyati mo‘tadillashtirilgan.

Ovoz berish jarayonlari 16-sentabrgacha davom etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »