Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kristen Bell qizi uxlashi uchun xonani qulflab qo‘yadi

Foto: Cosmopolitan

2017-yilda aktrisa qiziga nisbatan shunday choralarni qo‘llashini ta’kidlagan. U vaqtda qizi Linkoln 4, Delta esa 3 yoshda bo‘lgan va u uxlashni istamay, opasiga xalal bergan. Shundan keyin qizini qulflanadigan boshqa xonaga o‘tkazgan. Aktrisa bu qanchalik g‘alati tuyulmasin, eshikni qulflab, ortidan 10 daqiqa kutib uxlaganiga amin bo‘lganidan keyin borib uxlashini, uyquga yotishdan avval esa eshikni ochib qo‘yishini ta’kidlagan.

Madonna qizini bir hafta bitta kiyimda yurishga majbur qilgan

Foto: Cosmopolitan

Onasi bilan birgalikda kolleksiya taqdim qilgan Lurdes Leonning bir vaqtlar bir kiyimda yurganiga ishonish qiyin. Ammo 2005-yilda Madonna qiziga kiyimlari xonasida yoyilib yotadigan bo‘lsa va yuvishga tashlamasa, yangisini olmasligini aytgan va Lurdes xulosa chiqarmaguniga qadar bir hafta davomida maktabga bitta kiyimda borgan.

Kim Kardashyan bolalarini o‘ziga qarashli brenddan kiyintiradi

Foto: Cosmopolitan

Model qizini o‘z brendidan kiyintirishni afzal biladi. Videolardan birida Kim bizning model qayerda, deb savol beradi bunga Nort bu yerdaman, deb javob beradi. Shundan keyin Kardashyan qizining nima kiygani haqida aytib bergan. U qiziga allambalo kiyimlarni kiyintiradi, masalan, bir marotaba korsetli top kiydirgan va keyinroq u kiyimda hech qanday korset bo‘lmaganini aytib, o‘zini oqlagan.

Bryus Jenner Kayliga bo‘yanishni taqiqlagan

Foto: Cosmopolitan

Bunga ishonish qiyin, ammo Kardashyanlar ishtirokidagi shouda bunga guvoh bo‘lish mumkin. U vaqtda Kayli 11 yoshda bo‘lgan va restorandagi kechki ovqatga ko‘z va lablarini bo‘yab kelgan. Shundan keyin onasi unga bu yoshda bo‘yanish kerak emasligini tushuntirgan.

Jennifer Lopesning farzandlari gadjetlardan faqat yakshanba kuni foydalanadi

Foto: Cosmopolitan

Jennifer Lopes bu borada qattiqqo‘l. U Instagram’ga egizak farzandlarining noutbuk va planshet bilan tushgan fotosiga: “Bu yakshanbadagi vaqtichog‘lik”, — deb yozgan. Shuningdek, u tongda erta uyg‘onishga shoshmasliklari va nonushtani kech tanovul qilishlarini aytib, farzandlari maktab vaqti bo‘lgani uchun hafta davomida gadjetlardan foydalanmasligi, yakshanbada vaqtichog‘lik bo‘lishi uchun esa yaxshi o‘qishlari kerakligini yozib qoldirgan.

Mila Kunis va Eshton Kutcher, Rojdestvoda farzandlariga sovg‘a bermaydi

Foto: Cosmopolitan

Yulduzli juftlik Rojdestvoni o‘zlarining an’analaridan kelib chiqib nishonlaydi. Ular farzandiga sovg‘a bermaydi, ular buvi va buvasidan sovg‘a olishi mumkin, lekin shunda ham bir quti, o‘n quti emas. Sovg‘a o‘rniga biz barchadan xayriya tashkilotlariga xayriya qilishlarini so‘raymiz”, — deydi Kunis.

Dryu Berrimor qizlariga aktrisa bo‘lishni taqiqlagan

Foto: Cosmopolitan

Dryu Berrimorning prodyuserlik kompaniyasi bor. U agar istasa farzandlarini qisqa vaqt ichida yulduz qilishi mumkin edi. “Ular katta bo‘lganida istaganini tanlashi mumkin, lekin bolaligida men ularni suratga tushishini taqiqlayman”, — degan u.

Jennifer Garner bir yilda bir marta ha, deb javob beradi

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa o‘zini qattiqqo‘l ona deb biladi, ammo bir yilda bir kun farzandlariga hamma narsaga ruxsat beradi. “Bu avvaliga qiyin bo‘lmaydi. Muzqaymoq bilan nonushta qilamiz, lotereya chiptasini xarid qilamiz, ammo bu yildagi eng uzun kun bo‘ladi”, — deydi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »