Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo Kubogi saralash bosqichi doirasida Eronni mag‘lub etib, E guruhida birinchi o‘rinni oldi va Qatarda bo‘lib o‘tadigan turnir yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Foto: O‘FA

Uchrashuvdan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Avvalambor barchani g‘alaba va Osiyo Kubogi yo‘llanmasi bilan tabriklayman. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi ancha kuch berdi. Ularning madadini so‘nggi soniyagacha his etib turdik.
Afg‘oniston va Gongkong terma jamoalariga qarshi o‘yinlar oson o‘tdi, biroq Eron ulardan kuchliroq ekani aniq edi. Shunday bo‘lishiga qaramay o'yinda ularga imkoniyat qoldirmadik.
Bahsga ertaroq nuqta qo'yishimiz ham mumkin edi, biroq, minimal hisob uchrashuv so‘nggiga qadar hushyorlikni yoqotmaslikka undadi. Endilikda bor e’tiborimizni Osiyo o‘yinlariga qaratamiz”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTJ ishtirok etadigan 2024-yilning aprel oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi musobaqasida Parij—2024 Olimpiadasi yo‘llanmasi o‘ynaladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »