Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentda King Long rusumli avtobus o‘rta g‘ildiraklari quduqqa tushib ketishi oqibatida  avtobus o‘rta qismi — “garmoshka”siga shikast yetdi. Holat aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Foto: Telegram

“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 11-sentabr kuni soat 21:35 larda Yangihayot tumanida yuz bergan.

131-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan King Long rusumli avtobus Sergeli 1-mavzesi, “Izumrud” restorani qarshisiga yetganida avtobusning o‘rta g‘ildiraklari yo‘lning qatnov qismida joylashgan quduqqa tushib ketgan.

Quduqning atrofi cho‘kishi oqibatida chuqurlik hosil bo‘lgan va avtobusning o‘rta g‘ildiraklari shu chuqurga tushib ketishi natijasida, mahkamlangan quduq qopqog‘i avtobusning ulangan tag va o‘rta qismi (garmoshka)ga shikast yetkazgan. Avtobusdagi yo‘lovchilarga zarar yetmagan. 

Foto: “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati

Ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Bundan bir necha kun avval Toshkentning Bektemir tumanida ichida yo‘lovchilar bo‘lgan elektrobus beton ustunga borib urilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »