Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonda yillik inflyatsiya ketma-ket oltinchi oy pasaymoqda. Bu haqda Qozog‘iston respublikasi Milliy banki raisi Timur Suleymenov ma’lum qildi. U 2023- yilda inflyatsiya darajasi 13,1 foizni tashkil etganini aytdi.

Foto: Zakon.kz
“Yillik inflyatsiyaga oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining hissasi pasaymoqda, pullik xizmatlar inflyatsiyasi esa oshib bormoqda. Yillik inflyatsiyaning pasayishiga qaramay, oylik inflyatsiya iyul oyidagi 0,6 foizdan 0,7 foizgacha tezlashdi. Uning o‘sish sur’ati tarixiy o‘rtacha ko‘rsatkichdan sezilarli darajada oshdi”, — dedi Timur Suleymenov.

Amaldorning taʼkidlashicha, yil boshidan buyon oziq-ovqat inflyatsiyasi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari arzonlashishi tufayli 12,4 foizgacha pasaygan.

U meva va sabzavot mahsulotlari mavsumiy ravishda arzonlashayotgani, ammo bu pasayish darajasi odatdagidan past ekanini ta’kidladi.

Nooziq-ovqat inflyatsiyasi sekinlashmoqda va joriy yilning avgust oyida yillik ko‘rsatkichda 13,5 foizni tashkil etdi. O‘tgan oylarda tenge kursining mustahkamlanishi fonida shaxsiy tovarlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurilish materiallari va dori-darmon narxlarining yillik o‘sishining sekinlashuvi kuzatilmoqda.

Shu bilan birga, Milliy bank yoqilg‘i-moylash materiallarining maksimal chakana narxining oshishi nooziq-ovqat inflyatsiyasiga hissa qo‘shayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Qozog‘istonda kiyim-kechak, poyabzal, maishiy texnika, avtomobil va gaz narxlarining sezilarli darajada oshishi qayd etilgan.

Bundan tashqari, uy-joy va kommunal xizmatlar narxlarining oshishi fonida pullik xizmatlar inflyatsiyasi o‘sishda davom etmoqda. Avgust oyida ular 6,1 foizga, yillik hisobda esa 13,9 foizga o‘sdi. Tartibga solinmagan xizmatlarning esa o‘sish dinamikasi davom etmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »