Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishga 93 million dollar ajratadi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.

Foto: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, vazirlik rahbari Behzod Musayev OTBning Inson resurslarini rivojlantirish sektori rahbari Ayako Inagaki boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashib, O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, kelgusida yangi tashabbuslarni amalga oshirish borasida muzokaralar olib bordi.

Foto: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati

“Zamonaviy iqtisodiyot uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston va OTB o‘rtasida tuzilgan 93 million AQSH dollari miqdoridagi bitim ijrosini amalga oshirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Ushbu loyiha O‘zbekiston sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, yoshlar va ish bilan band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish orqali inklyuziv o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Loyiha qurilish, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, agrobiznes va oziq-ovqat sanoati, texnika va uskunalarga xizmat ko‘rsatish kabi tarmoqlarda malakali ishchi kuchi sifatida inson resurslarini rivojlantiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »