Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonning elektr uzatish tarmog‘ini takomillashtirish, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanadigan energiya manbalariga mamlakat energetika tarmog‘ining integratsiyalashuviga yordam berish maqsadida 125 million dollar miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Dekarbonizatsiya sari raqamlashtirish — Elektr uzatish tarmoqlarini takomillashtirish” loyihasi doirasida yetti — Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida umumiy uzunligi qariyb 359 kilometr bo‘lgan 12 ta elektr uzatish liniyalari rekonstruksiya qilinadi. Bundan tashqari, loyiha joriy va loyihalashtirilgan energiya ehtiyojlarini qondirish uchun quvvatlarni oshirish maqsadida Fayzobod, Obihayot, Zafar va Zarafshonda 220 kilovolt quvvatli to‘rtta podstansiyaning rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishini moliyalashtiradi.

“Ushbu loyiha O‘zbekistonning ishonchli va arzon elektr energiyasiga bo‘lgan ortib borayotgan talabini qondirishga yordam beradi va shu bilan birga mamlakatning „yashil“ va past uglerodli iqtisodiyotga o‘tishini qo‘llab-quvvatlaydi. Milliy tarmoqni modernizatsiya qilish davlat va xususiy sektorning qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini to‘ldiradi va barcha uchun energiyadan yaxshiroq foydalanishni taʼminlashga yordam beradi”, — deydi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Jukov.

Loyiha doirasida eski texnologiyalarni zamonaviy hamda dispetcher boshqaruvi va maʼlumotlarni to‘plash (SCADA) tizimiga ulash imkoni bo‘lgan yuqori voltli liniyalar va podstansiyalarga almashtirish orqali elektr uzatish tarmog‘i raqamlashtiriladi. Bu dispetcherlik markaziga masofadan turib boshqarish va real vaqtda va tarixiy maʼlumotlarni olish imkonini beradi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston OTBga 1995-yilda aʼzo bo‘lgan. O‘shandan beri bank mamlakatga 10,8 milliard dollar miqdorida qarz, grant va texnik ko‘mak ajratgan.

OTB mablag‘larining sarflanishi

Iyun boshlarida Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan Surxondaryo viloyatidagi 4R105 Darband—Boysun—Elbayon avtomobil yo‘lining 5–70-kilometr (65 kilometr) qismini va 4R100 Mang‘uzor—Jarqo‘rg‘on—Bandixon—Oltinsoy—Denov avtomobil yo‘lining 128–174-kilometr (46 kilometr) qismini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilayotgani ma’lum bo‘lgandi. Loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 111 kilometrni tashkil etadi.

Shuningdek, Surxondaryo (Sherobod), Samarqand (Kattaqo‘rg‘on) va Jizzax (G‘allaorol) viloyatlarida 3 ta yirik quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va boshqarish uchun Masdar kompaniyasi YTTB bilan 127 million dollar, OTB bilan 102 million dollar va ularning hamkor banklari bilan 167 million dollar miqdorida shartnomalar imzolagan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »