Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida jamoat transportidagi avtobuslardan bir oy (1–31-avgust) mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:

  • 24-sonli yo‘nalish — 296 859;
  • 93-sonli yo‘nalish — 296 627;
  • 131-sonli yo‘nalish — 263 556.

Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:

  • 29-sonli yo‘nalish — 3 760;
  • 141-sonli yo‘nalish — 4 138;
  • 64-sonli yo‘nalish — 4 770.

Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:

  • Mercedes-Benz LF — 529 917;
  • Isuzu — 465 006;
  • Man — 2 511 783;
  • Saz LE 60 — 1 621 442;
  • Yutong — 4 730 646;
  • King Long — 2 711 236;
  • Elektrobus — 3 135 964.

160 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni 15 million 705 ming 994 nafarni tashkil etgan.

O‘zbekistonda jamoat transporti

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida jamoat transporti mutlaqo o‘zgarishi haqida aytgan edi. Shundan so‘ng aprel oyida Toshkentga Xitoydan 268 ta avtobus va elektrobuslar olib kelindi

May oyida Buxoroga yangi 100 ta avtobus va mikroavtobus, iyul boshida Sirdaryo viloyatiga esa 160 ta yangi avtobus olib kelinishi ma’lum bo‘ldi. Avvalroq “Toshshahartransxizmat”ga yo‘lovchilarni tashishda ko‘riladigan zararlarni qoplash uchun 18 milliard so‘m ajratilgani, Toshkentdagi 32 ta avtobus yo‘nalishida “kunlik plan” bekor qilingani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »