Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Litva va Latviya ortidan Estoniya hukumati ham 13-sentabrdan boshlab Rossiya davlat raqamiga ega avtomobillarni mamlakatga kirishini taqiqladi, deb xabar bermoqda ERR.

Foto: Times News

Estoniya bu qarorni Yevrokomissiyaning Rossiya davlat raqamlariga ega avtomobillarni Yevropa Ittifoqiga olib kirishni taqiqlash haqidagi tushuntirishlariga muvofiq qabul qildi.

Agar shaxs Rossiya — Estoniya chegarasiga Rossiya raqamidagi avtomobilda kelsa, u Rossiyaga qaytishi yoki chegarani avtomobilsiz kesib o‘tishi kerak bo‘ladi.

Rossiya raqamiga ega avtomobillar Estoniyani tashqi chegara orqali tark etishi, shuningdek, Yevropa Ittifoqi ichida, masalan, Estoniyaning Latviya yoki Finlyandiya bilan chegaralari orqali harakatlanishi mumkin.

“Rossiya va Estoniya o‘rtasidagi chegaradan Rossiya raqamiga ega avtobuslar, mototsikllar va diplomatik avtomobillar o‘tishi mumkin bo‘ladi”, — dedi Estoniya soliq va bojxona nazorati bo‘yicha departamenti rahbari Ants Kutti.

Estoniya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatda mavjud bo‘lgan Rossiya raqamiga ega avtomobillarga qanday chora ko‘rishni hukumat 14-sentabr kuni muhokama qilishini aytdi.

8-sentabr kuni Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar Rossiyadan olib kirishi taqiqlangan tovarlarning katta ro‘yxati haqida tushuntirish berdi. Noroziliklardan so‘ng, Yevropa Komissiyasi bojxona organlari ittifoq hududiga kirayotgan avtomobillarga e’tibor qaratishi va boshqa narsalar, jumladan kiyim-kechaklar uchun import embargosi ​​“mutanosib va ​​oqilona” qo‘llanishi kerakligini tushuntirdi.

Litva va Latviya hukumati 11—12-sentabr kunlari Yevrokomissiya tavsiyalaridan kelib chiqib, Rossiya davlat raqamlariga ega avtomobillarni o‘z hududiga kiritishni taqiqlashini ma’lum qildi. Litva va Latviyadagi taqiq 12-sentabrdan kuchga kirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »