Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning 10-tog‘ diviziyasi qo‘mondoni general-mayor Gregori Anderson va armiya shtab boshlig‘ining Yevropa va Afrikadagi o‘rinbosari, brigada generali Patrik Elis Eagle Partner 2023 qo‘shma mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun Armanistonga keldi. Bu haqda Amerikaning Yerevandagi elchixonasi xabar berdi.

Gregori Anderson
Foto: Wikimedia

Bayonotda aytilishicha, generallar AQSHning Armanistondagi elchisi Kristina Kvinn bilan birgalikda “Zar” poligonidagi mashg‘ulotlarning borishini kuzatib boradi.

Eagle Partner tinchlikparvar mashg‘ulotlari Armanistonda 11—20-sentabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Ularda 85 nafar amerikalik va 175 nafar arman harbiylari ishtirok etmoqda. Armaniston Mudofaa vazirligi mashg‘ulotlar maqsadini “tinchlikni saqlash vazifalarini bajarish chog‘ida nizolashayotgan tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni barqarorlashtirish operatsiyasi” deb atagan.

Shuningdek, mashg‘ulotlarda NATOning “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturi doirasida arman qo‘shinlari tayyorgarligini oshirish rejalashtirilgan.

“Tinchlik yo‘lida hamkorlik” — NATO va alyansga aʼzo bo‘lmagan alohida hamkor davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik dasturidir. Armaniston unda 1994-yildan beri qatnashib keladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »