Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Tojikiston hukumatini hududiy daʼvolardan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Foto: Sputnik

Tashiyev Botkenda 2022-yilning 15—16-sentabr kunlari chegarada sodir bo‘lgan fojianing bir yilligi ekanini aytdi.

“O‘nlab harbiy xizmatchilar va tinch aholi halok bo‘ldi. Bunga chegara muammolarining hal etilmagani va qo‘shni davlatning davlatimizga hujum qilishi sabab bo‘lgan. Men davlat chegarasini demarkatsiya va delimitatsiya komissiyasi raisiman. Bugungacha muammoni tinch yo‘l bilan hal qilishga harakat qildik va buni davom ettiramiz.

Davlatimiz rahbari muammolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga ko‘rsatma bermoqda. Lekin, shu bilan birga, aytish kerakki, o‘tgan yili, haqiqatan, davlatimizga nisbatan agressiya akti sodir etilgan. Kelajakda bunday agressiyaga yo‘l qo‘ymaymiz”, — dedi Tashiev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq qo‘shni respublika Qirg‘izistonga qarshi hududiy da’volar bilan chiqqan.

“Hech qanday shikoyat bo‘lmasligi kerak, deb javob berdik. Yaqinda biz yangi hujjatlarni topdik. Ularga asosan biz ko‘plab qirg‘iz yerlari Tojikistonga o‘tganini bilamiz. Buni tarixiy va huquqiy hujjatlar bilan isbotlashimiz mumkin.

Agar qo‘shni davlat o‘z hududiy daʼvolaridan voz kechmasa, biz ham da’vo bilan chiqamiz. Buning uchun kuch va imkoniyatlarimiz yetarli. O‘nlab, hatto yuzlab yillar avval Tojikistonga o‘tgan yerlarni qaytarish imkoniyatimiz bor”, — dedi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari.

2022-yil 16-sentabr kuni qirg‘iz-tojik chegarasining bir qancha uchastkalarida otishma sodir bo‘ldi. Laylak va Botken viloyatlaridagi aholi punktlari o‘qqa tutildi. Yuzlab qirg‘izistonliklar yaralandi, 63 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida harbiylar ham bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »