Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Markaziy banki o‘lchovli oltin quymalari va qimmatbaho metallardan yasalgan esdalik tangalari savdosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 2021–2023-yillarda Markaziy bank tomonidan 5 xil mavzuga bag‘ishlangan jami 3550 tirajda oltin (umumiy vazni – 72 kilogramm, tangalar vazni – 15, 20, 31,1 gramm) va 3900 tirajda kumushda (umumiy vazni – 121 kilogramm, tangalar vazni – 31,1 gramm) tayyorlangan esdalik tangalari sotuvga chiqarilgan.

Aholi tomonidan numizmatika, kolleksiyalash, investitsiya hamda jamg‘arish maqsadida sotuv shoxobchalari orqali 2951 dona (83 foiz) oltin va 3864 dona (99 foiz) kumushdan tayyorlangan esdalik tangalari sotib olingan.

O‘tgan davr mobaynida aholiga investitsiya va jamg‘arish maqsadlarida sotuv shoxobchalari orqali 13 130 dona (umumiy vazni – 255 kilogramm) o‘lchovli oltin quymalari sotilgan.

Hududlar kesimida o‘lchovli oltin quymalarni sotish bo‘yicha Toshkent shahrida tashkil etilgan sotuv shoxobchalari yetakchilik qilib, Toshkent shahrida sotilgan quymalar soni 9894 donani (jami muomalaga chiqarilgan quymalarning 75 foizi) tashkil etmoqda.

Sotuv shoxobchalari orqali aholi tomonidan sotib olingan o‘lchovli oltin quymalar to‘g‘risida maʼlumot
(1-sentabr holatiga):

Skrinshot: Markaziy bank

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘tgan yanvar–aprel oylarida 3 milliard dollardan ortiq oltin eksport qilgan. Aprel oyida O‘zbekiston oltin eksportini 650 million dollargacha qisqartirdi. Xorijga qimmatbaho metall yetkazib berishning umumiy hajmi 3,06 milliard dollarni tashkil etdi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »