Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya bir yarim yil davomida Ukraina bilan urushga qariyb 167,3 milliard dollar sarfladi. Tegishli hisob-kitoblar Forbes nashri tomonidan e’lon qilindi.

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, Rossiya Ukraina bilan urushga har kuni taxminan 300 million dollar sarflaydi. Rossiya budjeti esa joriy yilning yanvar-iyun oylarida butun 2023-yilga mo‘ljallanganidan ko‘proq sarf qildi. Shunga qaramay, Rossiya o‘zining harbiy byudjetini ikki baravar oshirmoqda va rus askarlarini ta’minlash tobora kamaymoqda.

Urushning 18 oyi davomida (2022-yil 24-fevraldan 2023-yil 24-avgustgacha) to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy xarajatlar va yo‘qotilgan rus texnikasining qiymati taxminan 167,3 milliard dollarni tashkil etadi. Ushbu hisob-kitobga Rossiyaning noharbiy mudofaa xarajatlari yoki iqtisodiy yo‘qotishlari kirmaydi.

Xarajatlarning eng yiriklari qatoriga:

  • harbiy amaliyotlarni ta‘minlash (51,3 milliard dollar);
  • harbiylarning maoshi (35,1 milliard dollar),
  • halok bo‘lganlarning oilalariga (25,6 milliard dollar) va yaradorlarga (21 milliard dollar) tovon to‘lash;
  • vayron qilingan texnikalar narxi (34 milliard dollar) kiradi.

Ukrainaga uchirilgan raketalarning umumiy qiymati allaqachon 21,1 milliard dollardan oshgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »