Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Rossiyaga qarshi urushning bir kunlik xarajatlarini 100 million dollarga baholadi. Bu haqda u “Ukrinform” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: AP Photo
Bir kunlik urush bizga 100 million dollarga tushadi. Endi barcha yirik volontyorlik fondlarining budjetlarini va kuniga 100 million dollar sarflaydigan davlatni solishtiring. Shunchaki, fikr yuriting. Shuning uchun davlatga — harbiy-siyosiy rahbariyatga, mahalliy rahbarlardan tortib parlament, hukumat, prezidentgacha hammasini volontyorlar qilayotgani haqida da’vo qilish adolatsizlikdir, — dedi Reznikov.

U 2022-yil 24-fevraldan hozirgi kungacha ko‘ngillilar tomonidan yetkazib berilgan taʼminotlar “urushga ketgan” narsalarning 3 foizini tashkil qilishini bildirdi.

Reznikovning tushuntirishicha, aslida armiya Ukraina fuqarolari tomonidan ta’minlanadi, chunki ular ishlaydi va davlat budjetiga yuboriladigan soliqlarni to‘laydi.

Bugungi kunda armiya eng yirik mablag‘ iste’molchisi hisoblanadi. Ammo infratuzilma, rekonstruksiya qilish, ijtimoiy himoyalanmaganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ham mablag‘ kerak. Shuning uchun ishlashimiz va soliq to‘lashimiz zarur. Biznes faol bo‘lishi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashi kerak, — deya ta’kidladi Reznikov.


Reznikov Ukraina mudofaa vaziri lavozimidan ketmoqda

Zelenskiy 3-sentabr kuni kechki murojaatida Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov iste’foga chiqishini, uning o‘rnini esa Ukraina Davlat mulki jamg‘armasiga rahbarlik qilayotgan Rustem Umerovni egallashini aytdi.

Rustem Umerov – kelib chiqishi musulmon qrim-tatar bo‘lgan ukrainalik tadbirkor. Uning oilasi 1944-yilda Qrimdan Markaziy Osiyoga ko‘chirib yuborilgan. Umerov 1982-yil Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. 1980-yillar oxirida qrim-tatarlarni vataniga qaytarish boshlanganida, Umerovlar oilasi Qrimga qaytishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »