Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonlik amaldorning umumiy chegara masalalari bo‘yicha bayonotlarini muhokama qilish uchun 16-sentabr kuni Tojikiston hukumati Qirg‘izistonning favqulodda va muxtor elchisi Erlan Abdildayevni Tashqi ishlar vazirligiga taklif qildi. Bu haqda Tojikiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Asia Plus

Xabarda aytilishicha, elchiga Tojikiston tomonining 15-sentabr kuni “Qirg‘iziston oliy amaldori”ning tojik-qirg‘iz chegarasi masalalari bo‘yicha axborot maydonida bergan bayonotlari yuzasidan xavotirlari haqida ma’lum qilingan.

“Bunday mulohazalar tojik-qirg‘iz chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar jarayonining borishiga jiddiy zarar yetkazishi hamda o‘zaro ishonchsizlikka olib kelishi taʼkidlandi”, — dedi diplomatik departament matbuot xizmati.

Tashqi ishlar vazirligi “yuqori martabali amaldor”ning ismini aytmadi, ammo gap Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari va respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. 15-sentabr kuni Tashiyev Tojikiston hukumatini hududiy daʼvolardan voz kechishga chaqirgandi.

“Biz yaqinda yangi hujjatlarni topdik, unga ko‘ra ko‘plab qirg‘iz yerlari Tojikistonga o‘tkazilgan. Buni tarixiy va huquqiy hujjatlar bilan isbotlashimiz mumkin. Agar qo‘shni davlat hududiy da’volaridan voz kechmasa, biz ham shunday qilamiz. Buning uchun bizda yetarli kuch va imkoniyatlar bor”, — degan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari.

Tashiyev bu haqda 2022-yil 15—16-sentabr kunlari Botken viloyatida yuz bergan chegara mojarosining bir yilligi munosabati bilan bayonot berdi. U to‘qnashuvlarga chegara bilan bog‘liq hal etilmagan muammolar sabab bo‘lganini tushuntirib, Qirg‘izistonga “qo‘shni davlat hujum qilganini” qo‘shimcha qildi.

Tojikiston — Qirg‘iziston chegarasining uzunligi 976 kilometr bo‘lib, shundan atigi 664 kilometri delimitatsiya va demarkatsiya qilingan. Bahsli hududlarda ikki davlat aholisi o‘rtasida yo‘llar, suv va yerdan foydalanish bo‘yicha muntazam kelishmovchiliklar chiqadi. Oxirgi qurolli mojaro 2022-yil sentabrda yuz berdi: umumiy chegaraning bir necha uchastkalarida otishmalar boshlandi. Bir necha kun davom etgan to‘qnashuvlarda har ikki tomondan ko‘plab qurbonlar va yaradorlar bo‘ldi. Ikki respublika hukumati bir-birini qurolli bosqinchilikda aybladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »