Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida to‘y korteji uyushtirib, qoidabuzarlik sodir qilgan bir guruh yigitlar javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Qayd etilishicha, ular to‘y korteji uyushtirib, boshqa transport vositalarining erkin harakatlanishiga halal bergan va jamoat joylarida yurish-turish qoidalarini buzgan. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. 

Shu kuning o‘zida huquqbuzarlar shaxsiga aniqlik kiritilib, avtomobillar vaqtincha jarima maydoniga qo‘yilgan.

To‘plangan hujjatlar sayyor sud tartibida ko‘rib chiqilgan. Sud jami 16 nafar yigitning har biriga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan. Ular qilmishidan pushaymonligini bildirgan. 

Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati

Samarqand viloyati IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, viloyatning Kattaqo‘rg‘on shahrida ham shunday huquqbuzarlik sodir etilgan va haydovchilarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »