Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaponiyalik olimlar tadqiqot davomida agar inson 40 yoshdan keyin yangi narsalarni o‘rganishda davom etsa, unda demensiya rivojlanish ehtimoli kamayishini aniqladi. Tadqiqotlar 40 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 280 mingdan ortiq kishi ishtirokida o‘tkazildi.

Foto: “Lisa.ru”

Tadqiqot davomida har bir bemordagi miya faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq yosh o‘tishi bilan yuzaga keladigan kasalliklarning rivojlanish xavfi o‘rganildi va har bir bemorning shaxsiy rivojlanish dasturlarida qatnashgan-qatnashmagani qayd etildi.

Bemorlar biror-bir holatga nisbatan reaksiya bildirishga va diqqatni jamlashga yordam beradigan maxsus testlardan o‘tkazildi. To‘rt yillik sinov davrida subyektlarning faqat bir foizida demensiya rivojlandi. Yangi bilim olishni davom ettirgan ishtirokchilar orasida demensiya rivojlanish ehtimoli deyarli 20 foizga kamaydi. Shuningdek, aytib o‘tish kerakki, ertalab nonushta qilmaslik ham demensiya xavfini kuchaytirishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »