Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rejissor Kristofer Nolanning “atom bombasining otasi” Robert Oppengeymerga bag‘ishlangan “Oppengeymer” kinokartinasi tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan biografik filmga aylandi, deb yozmoqda “Pravila jizni” nashri.

Foto: “Yandeks.ru”

15—17-sentabr dam olish kunlari yakunlariga ko‘ra, film yana 12 million dollar ishlab topdi va uning umumiy tushumi 912,7 million dollarni tashkil etdi. Bu “Oppengeymer”ga kassada Brayan Singerning 910,8 million dollar to‘plagan “Bogemacha rapsodiya” (2018-yilda namoyish etilgan) filmidan o‘zib ketish imkonini berdi.

Shu bilan birga, kassa tushumlari bo‘yicha “Oppengeymer” Nolanning eng yuqori daromad keltirgan eng yaxshi filmlari uchligidan joy olgan. Film “Qora ritsar” (2008-yilda suratga olingan) va “Qora ritsar: Afsonaning qayta tug‘ilishi” (2012-yilda tomoshabinlarga taqdim etilgan) loyihalaridan keyingi o‘rinda turibdi va bu kinokartinalarning har biri kassada 1 milliard dollardan ko‘proq daromad keltirgan.

Foto: “Yandeks.ru”

“Oppengeymer” 2023-yilda eng ko‘p daromad keltirgan filmlar ro‘yxatida ham uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu ro‘yxatda u Greta Gervigning “Barbi” (1,41 milliard dollar to‘plagan) va “Super aka-uka Mariolar” (kassada 1,36 milliard dollar yig‘gan) loyihalaridan keyingi o‘rinni band qilgan.

21-iyul kuni “Oppengeymer” va “Barbi” filmlarining dunyo bo‘ylab premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Yandeks.ru”

Ma’lumot uchun, “Oppengeymer” filmida bosh rolni aktyor Killian Myorfi ijro etgan. Myorfi The New York Times gazetasiga bergan intervyusida o‘zini juda ozg‘in va juda oz ovqat iste’mol qilgan “atom bombasining otasi”ga iloji boricha ko‘proq o‘xshashga harakat qilgani uchun o‘ziga ovqat yeyish bilan bog‘liq cheklov qo‘ygani haqida so‘zlab bergan. Mish-mishlarga ko‘ra, olim ko‘p martini ichgan va sigareta chekkan. 

Foto: “Yandeks.ru”

Myorfining suratga olish jarayonlariga jismoniy va ruhiy jihatdan tayyorlanishi uchun besh oydan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. Aktyor filmdagi roli uchun qancha vazn yo‘qotganini oshkor etmagan va insonlarni muntazam parhezlar bilan o‘zlarini qiynoqqa solmaslikka chaqirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »