Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda yil yakunigacha pensiyalar miqdorini inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda, jami 14 foizga oshirish rejalashtirilgani aytildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Oliy majlis qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqildi. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijara munosabatlaridagi huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash hamda pensiyalarni tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. 

Loyiha bilan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Birinchisi — har yili davlat pensiyalari miqdorini inflyatsiya darajasida qayta hisoblash, oshirib borish tizimini joriy etish, yil yakuniga qadar pensiyalar miqdorini inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda jami 14 foizga oshirish rejalashtirilgan. Ikkinchi o‘zgarish — fuqarolarning pensiya taʼminotini yaxshilash va pensionerlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida 2024-yil 1-yanvardan boshlab pensionerga hisoblangan, lekin o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil uchun “O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunga asosan, Pensiya jamg‘armasiga davlat budjetidan transfertlar miqdori 15 trillion so‘m bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Sobiq iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov shu yilning mart oyidagi matbuot anjumanida Pensiya jamg‘armasi uchun 14,5 trillion so‘m tashqi qarz jalb qilinishini maʼlum qilgan.

Respublikada joriy oy uchun jami 4,5 million kishiga pensiya va nafaqalar to‘lab berilgan. Shundan qariyb 3,2 million nafar odam (72 foiz) to‘lovlarni bank kartalariga qabul qilib olgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »