Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev O‘zbekiston Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tiklash borasidagi qat’iyatini olqishlashini ta’kidladi. BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida ishtirok etish uchun AQSHning Nyu-York shahrida bo‘lib turgan Sodiq Safoyev bu haqda Ozarbayjonning Report axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Foto: Report
“Biz Ozarbayjonning barcha sohalarda, ayniqsa, hududiy yaxlitlik va adolatni tiklash borasida erishayotgan yutuqlaridan mamnunmiz. Biz Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tiklash va himoya qilishda barcha qiyinchiliklarga qaramay olib borayotgan adolatli kurashida qo‘llab-quvvatlaymiz, hukumat va xalqning qat’iyatini olqishlaymiz”, — degan u.

Sodiq Safoyev so‘zlariga ko‘ra, ayni damda O‘zbekiston—Ozarbayjon munosabatlari oltin davrni boshdan kechirmoqda.

U, shuningdek, O‘zbekiston har doim Ozarbayjonning qonuniy kurashi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini aniq bayon qilib kelganini ta’kidlab o‘tdi.

“Ishonchim komilki, Ozarbayjon yaqinda Qorabog‘ni dunyoning eng jannatmakon hududlaridan biriga aylantiradi, Shusha uning go‘zalligidan bahramand bo‘lishlari uchun esa quchog‘ini ochib, butun dunyodan mehmonlarni kutib oladi”, — deya ta’kidladi Safoyev.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »