Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi (Artsax) rasmiylari 20-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 dan (Toshkent vaqti bilan 14:00) o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi, deb yozmoqda “Interfaks”.

Foto: Getty Images

Kelishuv doirasida, Tog‘li Qorabog‘da qolgan arman harbiylari mintaqadagi “Rossiya tinchlikparvar kontingenti joylashgan zonadan” olib chiqiladi, tan olinmagan respublikaning qurolli bo‘linmalari tarqatib yuboriladi va og‘ir texnikalar olib ketiladi.

Tan olinmagan respublika rasmiylarining taʼkidlashicha, bunday kelishuvga “Tog‘li Qorabog‘da joylashgan Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligi vositachiligida” erishilgan.

21-sentabr kuni Yevlax shahrida Tog‘li Qorabog‘ning arman aholisi vakillari va Ozarbayjon hukumati vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Unda “Ozarbayjon tomonidan ko‘tarilgan reintegratsiya, Tog‘li Qorabog‘ armanlarining huquqlari va xavfsizligini ta’minlash masalalari, shuningdek, Ozarbayjon Konstitutsiyasi doirasida Tog‘li Qorabog‘ aholisining turmush tarzini ta’minlash masalalari muhokama qilinadi”, dedi respublika rasmiylari.

Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘dagi operatsiyasida 32 kishi halok bo‘ldi

Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjonning “anksilterror tadbirlari” boshlanganidan beri 32 kishi halok bo‘ldi, 200 dan ortiq kishi jarohatlandi, dedi tan olinmagan respublikasidagi Inson huquqlari bo‘yicha komissar Gegam Stepanyan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida yetti nafar tinch aholi vakili, jumladan, ikki nafar bola ham bor. Yana 35 nafar tinch aholi, jumladan, 13 nafar bola yaralangan.

Shu bilan birga, Tog‘li Qorabog‘ hukumatining sobiq rahbari Ruben Vardanyan Reuters agentligiga bergan izohida, mintaqada jangovar harakatlar boshlanganidan beri 100 ga yaqin odam halok bo‘lgani, yana yuzlab odamlar jarohatlanganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 19-sentabr kuni Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da “konstitutsiyaviy tuzumni tiklash” maqsadida “mahalliy aksilterror choralari” boshlanganini e’lon qildi va tan olinmagan respublika hududini o‘qqa tuta boshladi. Bu arman tomonining provokatsiyalari, jumladan, Ahmadbeyli—Fuzuli—Shusha trassasida avtomobil portlashi oqibatida politsiya xodimlarining halok bo‘lishi bilan izohlangan.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi armanistonlik askarlar tomonidan o‘rnatilgan minalarning portlashi oqibatida yetti nafar ozarbayjonlik harbiy halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Pashinyan Tog‘li Qorabog‘da “harbiy operatsiya” o‘tkazish uchun Armaniston hech kimga mandat bermaganini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »