Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev administratsiyasi Ozarbayjon tomoni “noqonuniy arman qurolli guruhlari” qurollarini tashlagan taqdirda Yevlax shahrida Tog‘li Qorabog‘ning arman vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi. Bu haqda Interfaks Ozarbayjon xabar berdi.

Bayonotga ko‘ra, prezident administratsiyasi bir necha bor Qorabog‘ hududida yashovchi arman aholisi vakillarini muloqotga taklif qilgan, maqsad “reintegratsiya masalalarini muhokama qilish” bo‘lgan. 

“Ammo ular har safar buni rad etgan”, — deyiladi bayonotda.

Ozarbayjonning harbiy amaliyotini tugatish uchun “noqonuniy arman qurolli guruhlari” barcha qurollarini topshirishi va “oq bayroq ko‘tarishi”, shuningdek, “noqonuniy rejim”ni tarqatib yuborishlari kerakligi aytilgan.

“Aks holda, aksilterror choralari oxirigacha davom ettiriladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi rahbariyati Ozarbayjon hukumatiga harbiy harakatlarni to‘xtatish va muzokaralarni boshlash taklifi bilan murojaat qilgandi.

Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da konstitutsiyaviy tuzumni tiklash uchun “mahalliy aksilterror choralari”ni boshlagani haqida xabar berdi. Bu arman tomonining provokatsiyalari, jumladan, Ahmadbeyli—Fuzuli—Shusha trassasida avtomobil portlashi oqibatida politsiya xodimlarining halok bo‘lishi bilan izohlangan.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi armanistonlik askarlar tomonidan o‘rnatilgan minalarning portlashi oqibatida yetti nafar ozarbayjonlik harbiy halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Pashinyan Tog‘li Qorabog‘da “harbiy operatsiya” o‘tkazish uchun Armaniston hech kimga mandat bermaganini aytgan.

“Ozarbayjon Armanistonni keng ko‘lamli harbiy harakatlarga tortmoqchi. Ozarbayjon armanlarni etnik tozalash uchun quruqlikdagi operatsiyani boshladi. Armaniston Ozarbayjon bilan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat tufayli harbiy harakatlar boshlash niyatida emas”, — degan Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan.

Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat fonida Armanistonda davlat to‘ntarishiga chaqiriqlar boshlangan. Yerevanda Qorabog‘ning berilishiga qarshi namoyishlar avj olgan. Ular “Nikol sotqin” deb hayqirmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »