Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiyani Qorabog‘ aholisi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayotganlikda aybladi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: Anadolu

Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasida 2020-yilda harbiy harakatlar tugaganidan keyin tuzilgan kelishuvlarga ko‘ra, rossiyalik tinchlikparvar kuchlar Lochin yo‘lagini nazorat qilishi kerak. Ammo Pashinyanga ko‘ra, bu amalga oshmayapti.

“Nega? Ikkita sabab bo‘lishi mumkin: yo Rossiya Lochin yo‘lagi ustidan nazoratni saqlab qola olmaydi yoki xohlamaydi. Har ikkisi ham, biz uchun muammoli”, — dedi u.

Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya G‘arb davlatlarini Armaniston hukumatini hududdan “Rossiyani siqib chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rishga” undayotganlikda ayblaydi, lekin aslida “Rossiyaning o‘zi hududni tark etmoqda”.

Armaniston bosh vaziri, “bir kun kelib uyg‘onganimizda, Rossiya bu yerda yo‘qligini ko‘ramiz”, degan fikrni ilgari surdi. Shuningdek, u mamlakatning xavfsizlik sohasida Rossiyaga qaramligini strategik xato deb atadi.

“Armanistonning xavfsizlik arxitekturasi 99,999 foiz Rossiya bilan bog‘liq edi, shu jumladan, qurol va o‘q-dorilarni qo‘lga kiritish borasida. Biroq bugungi kunda, Rossiyaning o‘zi qurol va o‘q-dorilarga muhtoj bo‘lgan bir vaziyatda, Rossiya xohlasa ham, Armanistonning xavfsizlik ehtiyojlarini ta’minlay olmasligi aniq. Ya’ni, bu misol xavfsizlik sohasida faqat bir joyga bog‘liq bo‘lish o‘z-o‘zidan strategik xato ekanini ko‘rsatadi”, — ta’kidladi Pashinyan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »